Ilk sun’iy yöldoş 1957 yilda SSSRda uçirilgan. Şundan keyin kosmik poygaga AQŞ qöşilgan. Hozirgaça dunyoning juda köp davlatlari fazoga sun’iy yöldoş uçirgan. Ular orasida qöşni Qozoğistongaça bor.

Ma’lumotlarga köra, bugungi kunda fazoda 5 mingga yaqin aktiv sun’iy yöldoş bor. Yana şunçasi öz vazifasini bajarib bölgan va kosmik çiqindi sifatida parvoz qilib yuribdi.

Aktiv holda işlayotgan sun’iy yöldoşlarning asosiy qismi kuzatuv uskunalaridan iborat. Qolgani navigatsiya, Yer kurrasini tadqiqot qiliş va boşqa maqsadlar uçun işlayapti.

Fazoda yurgan sun’iy yöldoşlarning asosiy qismi AQŞ, Xitoy va Rossiyaga tegişli. Şuningdek, Britaniya, Yaponiya, Hindiston, Yevropa kosmik agentligi, Kanada va Germaniya ham aktiv ravişda sun’iy yöldoş uçiruvçilar öntaligiga kiradi.

Fazoda uçib yurgan aloqa sun’iy yöldoşlardan biri

2022 yilda Yer yuzi böylab turli davlatlarning sun’iy yöldoşlarini fazoga olib çiqiş uçun 155 marta raketa taşuvçilar uçirilgan. Ulardan beştasida parvoz muvaffaqiyatsiz keçgan.

65 yildan buyon fazoga tinimsiz sun’iy yöldoşlar uçirilar ekan, kosmik apparatlarning eskirganlari kosmik çiqindiga aylanib bormoqda.

Mutaxassislarning taxminiy hisob-kitobiga köra, hozirgi paytda fazoda 128 mln dona kosmik çiqindi bölaklari uçib yuribdi. Yana 10 yildan söng ularning soni yanada oşişi taxmin qilinmoqda.

Kosmik çiqindilarning hajmi oşib borar ekan, ular yangi uçirilayotgan sun’iy yöldoşlarga yoki odam uçirilayotgan kosmik kemalar uçun xavfli obektga aylanadi.

Masalan, 2021 yilda xalqaro kosmik stansiyaga kosmik çiqindilar kelib urilişi oqibatida unga qisman zarar yetadi. Agar zarar kölami kattaroq bölganida, u yerda işlayotgan kosmonavtlarning hayoti xavf ostida qolardi.

Fazoda kosmik çiqindilarning köpayib borişi
Foto: www.gizmodo.com.au

Sun’iy yöldoş aloqa xizmati tarixi

Sun’iy yöldoş aloqa xizmati tizimi ilk bor 1980-yillarda