Ikkinçi jahon uruşidan keyin Yevropa tez tinçidi. Qit’aning şarqiy qismi sovetlar nazoratiga ötdi. Ğarbiy qismi Amerika bilan bozor iqtisodiyotiga asoslangan kapitalistik tuzumni tanladi.

Biroq Osiyo qit’asi uzoq yillar davomida notinç qoldi. Ayniqsa uning janubiy-şarqiy qismi 1970-yillar örtasigaça uruş girdobida qolib ketdi (Vetnam uruşini eslang, u 1975 yilda tugagan).

Kapitalistik Ğarb va sotsialistik tuzumga asoslangan sovetlar eng avval Xitoyda töqnaş kelişdi. Xitoyni yaponlar bosib olguniga qadar mamlakat nomi Xitoy Respublikasi deb nomlangan.

Yaponiya taslim bölgandan söng Xitoyga bir tomondan kommunistlarni qöllaş uçun sovet armiyasi, ikkinçi tomondan Çan Kayşi boşçiligidagi Xitoy Respublikasini qöllaş uçun Ğarb davlatlari harbiylari kirib kelişadi.

Bir neça yil davom etgan fuqarolar uruşidan söng 1949 yilda SSSR qöllagan Mao Tszedun boşçiligidagi kommunistlar ğalaba qozonişadi. Noiloj qolgan Çan Kayşi 1950 yilda öz tarafdorlari bilan Tayvan oroliga köçib ötadi.

1950 yilda şimolliklarning janubşa hujumi

Xitoy masalasi hal bölgandan söng navbat Koreya yarimoroliga keladi. Öşa paytda yarimorolning şimoliy qismini sovetlar yordamida kommunistik tuzum tarafdorlari, janubini esa ğarbliklar qöllovi bilan kapitalistik tuzum tarafdorlari nazorat qilardi.

1950 yilda şimolliklar janubga hujum boşlaydi va har ikki tuzum tarafdorlari örtasida uruş boşlanadi. Şimolliklarga sovet armiyasi, janubliklarga BMT rezolyutsiyasi bilan tuzilgan xalqaro koalitsiya harbiylari yordam beradi.

Şimol va janub örtasidagi uruş uç yil davom etadi va 1953 yilda sulh bilan yakun topadi. Şu tariqa Koreya yarimorolida bir-biriga duşman bölgan ikkita mustaqil davlat taşkil topadi.

BMT harbiy koalitsiyasi tarkibida Turkiyadan yuborilgan harbiylar ham bor edi. Ular uç yil davomida janubliklar uçun jang qiladi va yöqotişlarga uçraydi.

Turklar uruş tugagandan söng ham vatanga qaytmaydi va 1960 yilgaça Koreyada qoladi. Janubiy Koreya oyoqqa turib olgandan söng ortga qaytişadi.