Qora dengizda, Turkiya qirğoqlari yaqinida, ğarb mamlakatlari sanksiyalari ostida turgan va Rossiya neftini taşişda iştirok etganligi uçun “qora röyxat”ga kiritilgan ikki neft tankerida deyarli bir vaqtning özida yonğin çiqdi. Yonğinlar haqida 28 noyabr kuni keçqurun Turkiya OAV va xalqaro axborot agentliklari xabar berdi.

Yonib ketgan kemalardan birinçisi — Hindistondan Rossiyaga yöl olgan Kairos (“Kayros”) neft tankeri. Bloomberg agentligi “mahalliy port agenti” ma’lumotiga tayanib, tanker qirğoqdan 28 dengiz milyasi masofasida minaga duç kelganini yozdi. Turkiya dengizçilik boşqarmasi bu ma’lumotni tasdiqlab, kema bortida “taşqi ta’sir” tufayli yonğin kelib çiqqanini bildirdi. Tankerdan 25 kişi evakuatsiya qilindi.

Bundan köp ötmay, yana bir kema — Rossiyaga yönalgan, qirğoqdan 35 dengiz milyasi uzoqlikda joylaşgan Virat (“Virat”) tankeridagi yonğin haqida xabarlar keldi. Uning ekipaji ham evakuatsiya qilingan. Turkiya rasmiylari bu hodisa tafsilotlarini oçiqlamadi, ammo har ikkala tanker ham yuksiz holda bölganini qayd etdi.

Bloomberg eslatişiça, Qora dengizda Rossiyaning Ukrainaga qarşi töliq miqyosdagi uruşi va Ukraina sohil qismi akvatoriyasini blokada qilişi boşlanganidan beri, janglardan ança uzoq hududlarda ham kemalar minaga uçraşi bilan boğliq bir neça hodisalar qayd etilgan.

Ham Kairos, ham Virat Gambiya bayroği ostida yuradi, ammo YeI sanksiyalari ostida turibdi. Birinçi kema şuningdek Buyuk Britaniya sanksiya röyxatlariga ham kiritilgan, ikkinçisi esa AQŞ sanksiya röyxatlarida. Sababi — har ikkala tanker ham Rossiya tomonidan Ukrainaga hujum boşlanganidan keyin joriy etilgan neft sanksiyalarini çetlab ötiş uçun işlatilgan, şuning uçun “soyadagi flot” deb ataladigan kema guruhiga mansub, deb hisoblanadi.

RFning “soyadagi floti”ga nisbatan sanksiyalar, şuningdek, Boltiq dengizida YeI davlatlariga tegişli suvosti kabellarining uzilişi bilan boğliq hodisalar fonida joriy etilgan. Şu hududlarda Rossiya neftini taşuvçi kemalar payqalgan. Keng tarqalgan versiya va ayrim kemalarni közdan keçiriş natijalariga köra, bu kemalar kabellar yotqizilgan joylarda langar taşlagan, keyin esa uni dengiz tubi böylab sudrab borgan.

2025 yil boşidan beri RF “soya floti”ga mansub, deb taxmin qilinayotgan kamida ikki kemada, ular Örta Yer dengizi yoki mahalliy portlar hududida bölganida portlaş holatlari qayd etilgan.

Jumladan, yanvar oyi oxirida Turkiya qirğoqlari yaqinida Marşall orollari bayroği ostida yuradigan Seacharm tankerida portlaş sodir bölgan. OAV ma’lumotlariga köra, kemadagi zarar unça katta bölmagan, tanker ikki kun Turkiyaning Jyeyxan portida turib, keyin yölini davom ettirgan.

Fevral örtalarida esa Malta bayroği ostida harakatlanadigan Seajewel tankerida ikki marta portlaş röy bergan. Hodisa kema Italiyaning Savona portida yuk tuşirayotgan paytda sodir bölgan. Natijada tanker korpusida “taşqi ta’sir” izlari bilan teşik hosil bölgan — Il Fatto Quotidiano gazetasi yozişiça, metall listlar “içkarisiga tomon egilgan” holda bölgan.

Şuningdek, dekabr oyida Örta Yer dengizida Ursa Major yuk kemasi çökib ketgan edi. Kema “soyadagi flot” röyxatida bölmagan, biroq uning egasi Rossiyaning Mudofaa vazirligi bilan boğliq “Oboronlogistika” kompaniyasi hisoblangan. Kompaniya bu kemaga hujum qilinganini bildirgan, ammo hodisa uçun heç kim javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.