Ijtimoiy tarmoqlarda “Çirçiqdagi boğçada murabbiy bolakayni urganlikda ayblanmoqda” sarlavhasi ostida video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatni nazoratga olganini ma’lum qildi.
Aniqlanişiça, voqea Çirçiq şahridagi xususiy boğçada 8 fevral kuni röy bergan. Boğça tarbiyaçisi oilaviy sabablarga köra asabiy holatda bölgani tufayli tuşlik paytida uxlay olmay yiğlayotgan bolaga bir neça bor qattiq baqirib, söng bolani urib, hojatxonaga qamab qöygan.
Hozirda bu tarbiyaçi Mehnat kodeksining 161-moddasining 5-bandi (xodimning öz mehnat majburiyatlarini bir marta qöpol ravişda buzgani uçun mehnat şartnomasini bekor qiliş) asosida lavozimidan ozod etilgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda va tarbiyaçining harakatiga huquqiy baho berilmoqda.
“Tarbiyaçi tomonidan bu tarzdagi jazo usulining qöllanişi bolaning manfaatlariga mutlaqo ziddir.
Bolaning ruhiy-emotsional soğliğiga, şa’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvçi bunday harakatlar javobsiz qolişi mumkin emas!” – deyiladi Bolalar ombudsmani bayonotida.
Bola huquqlari böyiça vakil bu fakt böyiça bolaning qonuniy manfaatlarini ta’minlaş yuzasidan öz kuzatuvini qat’iy davom ettiradi. Ta’kidlanişiça, bu borada qöşimça ma’lumot beriladi.












