Prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni bilan barça bolalarni tabrikladi.
«Farzandlarimiz qalbi oftob, mehri daryo, bolajonlarni sözsiz tuşunadigan ğamxör insonlar qurşovida ösib-ulğaysin.
Hammamizning umr yölimiz bolalik bekatidan boşlanadi va biz tuygan ilk zavqli, baxtli lahzalar butun hayotimiz davomida aks sado berib turadi.
15 may kuni «Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş töğrisida»gi qonun kuçga kirdi – davlatimiz har bir öğil-qizning beğubor bolaligi baxtli ötmoği uçun barça çoralarni işga solmoqda.
Bolalarni asrab-avaylang. Sözlariga quloq tuting. Ularni örab turgan atrof-olam şodlikka töla bölsin», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida.
















