Donald Tramp AQŞ prezidenti bölganida NATO böyiça ittifoqçilariga tahdid qilib, Rossiyani alyans oldidagi majburiyatlarini bajarmayotgan davlatlar bilan «xohlagan işini qilişi»da rağbatlantirişini aytgan. U bu haqda saylovoldi tadbiri vaqtida ma’lum qildi. Oq uydagilar Trampning bayonotini «şokka tuşiruvçi» deb baholagan.

«Men kelgunimça NATO bankrotga uçragandi, – degan Tramp Janubiy Karolinaning Konvey şahridagi mitingda. – Men şunday dedim: „Barça tölaydi“. Ular aytişdi: „Agar biz tölamasak, siz baribir bizni himoya qilmaysizmi?“ Men aytdim: „Aslo yöq“. Ular bunga işona olmasdi» (iqtibos CNN’niki).

Şimoliy Atlantika alyansi ustaviga köra, ittifoqçilar öz mudofaa ehtiyojlari uçun YaIMning kamida 2 foizini sarflaş majburiyatini oladi. Ammo sönggi yillarda köpçilik a’zolar özi uçun tahdidni jiddiy deb hisoblamagan va ulardan faqat ayrimlari öz majburiyatlarini bajargan. AQŞ prezidenti ekanida Donald Tramp uşbu mamlakatlar hukumatlarini öz mudofaa qobiliyatlarini mustahkamlaş çora-tadbirlariga e’tiborsiz qarab, bu masalada butunlay AQŞga tayanib qolgani uçun tanqid qilgan.

Tramp Janubiy Karolinadagi mitingda aytişiça, u Rossiya töğrisidagi tanbehni NATO mamlakatlari rahbarlari bilan uçraşuvlardan birida bildirgan. Uning sözlariga köra, «katta davlatlardan biri»ning yetakçisi öz davlati NATO doirasidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarmagan holatda Moskva tomonidan hujumga uçraşi bilan keçadigan nazariy vaziyatni keltirgan.

Trampning aytişiça, bu davlat rahbari şunday ssenariyda AQŞ yordamga keliş-kelmasligiga qiziqqan, bu esa unga tanbeh berişiga sabab bölgan.

«Men aytdim: siz tölamaysiz, tölovni keçiktirasizmi? – deya javob bergan göyo Tramp nomi aytilmagan davlat rahbariga. – Yöq, bunday holatda men sizni himoya qilmayman, buning ustiga ular istagan işini qilişiga qöyib beraman va buni rağbatlantiraman. Siz hisoblaringizni tölaşingiz kerak».

NATO – kollektiv mudofaa tamoyiliga asoslanadi, unga köra, alyans a’zolaridan biriga hujum barça a’zolarga hujum sifatida qabul qilinadi.

Tramp prezidentligida bir neça marta AQŞ alyans budjetining juda katta qismini kötarişga majbur bölayotganini ta’kidlab, Yevropadagi ittifoqçilarni kollektiv mudofaa tamoyiliga rioya qilmaslikda ayblagan.

Oq uy Trampning bayonotini «şokka tuşiruvçi va mulohazasizlik» deb atab, prezident Jo Baydenning alyansni mustahkamlaş borasidagi sa’y-harakatlarini eslatib ötgan.

Tramp öz tahdidini reallaştiriş niyatida ekaniga aniqlik kiritmagan. U yana bir marta agar ikkinçi muddatga ham prezident bölib qolganida, Rossiya heç qaçon Ukrainaga hujum qilişga qaror qilmagan bölişi haqida aytib ötgan.