Rossiya va Ukraina örtasida asirlar va halok bölgan askarlar almaşinuvi böyiça özaro tuşuniş mavjud emas. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tegişli savolga javob berar ekan aytib ötdi.
«Yakuniy tuşuniş yöq, aloqalar örnatilmoqda, raqamlar soliştirilmoqda, ammo yakuniy kelişuv bölişi bilanoq, bu almaşinuv amalga oşişiga umid qilamiz», — dedi Peskov.
«Bir haqiqat bor, inkor etib bölmaydigan narsa: biz bir neça kundan beri tayyor edik, Ukraina tomoniga ötkaziş uçun öşa treylerlar bilan çegarada turibmiz. Bu hamma körib turgan va biladigan haqiqat», — dedi u.
Kreml vakilining sözlariga köra, hozirça aloqalar örnatilmoqda va boşqa aniq ma’lumotlar yöq.
Kreml AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi vaziyatni tartibga soliş jarayonidan çiqişi ehtimoli haqidagi xabarlarga ham izoh berdi.
«Vaşington bilan, Tramp jamoasi vakillari bilan amaliy aloqalarimiz bor. Kerak bölganda esa prezidentlarning özlari töğridan töğri aloqalar olib boradi va dolzarb masalalarni muhokama qiladi. Bu hozir doimiy ravişda sodir bölayotgan narsa. Bu bir-birimizning pozitsiyamizni tuşunişimizni ta’minlaşga va oldinga intilişga yordam beradi», — dedi Kreml vakili.
Peskov, şuningdek, Vengriya boş vaziri Viktor Orbanning tegişli bayonotlaridan kelib çiqib, Rossiya va Yevropa örtasida strategik kelişuv tuziş zarurligini ta’kidladi.













