Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eronning mudofaa sanoatiga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Qo‘shma Shtatlar Eronga ballistik raketa, dronlar va assimetrik qurol dasturlarini qo‘llab-quvvatlovchi ikki maqsadli texnologiyalar, komponentlar va jihozlarni sotib olishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilganini e’lon qildi. Ular Tehron mudofaa sanoati uchun nozik asbob-uskunalar yetkazib berishdagi roli uchun sakkizta tashkilot, bir kema va bir kishiga daxldor, deb yozdi Reuters.
«Qo‘shma Shtatlar Eronga rejimning ballistik raketa, dronlar va assimetrik qurol dasturlarini qo‘llab-quvvatlovchi ikki maqsadli texnologiyalar, komponentlar va jihozlarni sotib olishiga yo‘l qo‘ymaslikka qat’iy harakat qiladi», dedi AQSh moliya vaziri Skott Bessent.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh moliya vazirligi Eronning «mintaqaviy barqarorlik va global xavfsizlikka tahdid soluvchi» qurollarni ishlab chiqarish va tarqatish qobiliyatini cheklashda davom etadi.
Agentlikning ta’kidlashicha, sanksiyalar, xususan, Honkongda joylashgan Unico Shipping va Athena Shipping dengiz yuk tashish kompaniyalariga nisbatan kiritilgan.
AQSh Moliya vazirligi, shuningdek, Yamandagi husiylarga nisbatan noqonuniy neft savdosi va tashish aybi bilan sanksiyalar kiritdi. Cheklovlar to‘rt nafar shaxs, 12 ta tashkilot va ikkita kemaga ta’sir qiladi.
Mavzuga oid
17:48 / 12.07.2026
Eron atrofidagi vaziyat: AQSh yangi zarbalar yo‘lladi, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yana yopildi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026