Buxoro şahri markazidagi 32,6 gektar hududda bino-inşootlar buzilib, örnida Boqiy Buxoro madaniy-etnografik parki qurilişi e’lon qilindi. Turizm markazi muhokamalarga sabab bölgan dastlabki rejalaştirilgan joyda amalga oşiriladi.

Buxoro şahar hokimi Jamol Nosirovning sözlariga köra, bu loyihani amalga oşiriş orqali şaharning turizm salohiyati oşadi, yangi iş örinlari yaratiladi.

“Bu quriliş Buxoro şahrining kelajagi uçun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Butun dunyo globallaşuv jarayonini boşidan keçiryapti, urbanizatsiya jarayonlari tezlaşyapti. Xususan, hududlardan Buxoro şahriga köçib keluvçilar soni ham ortib bormoqda, aholi köpaymoqda. Tabiiyki, bunday şaroitda iş örinlarini yaratiş kerak.

Sanoat sohasida köp işlar avtomatlaştirildi. Yaqin 5-10 yil içida robotlaşuvga ötiş boşlanişi mumkin. Insoniyat borki, xizmat körsatişga talab saqlanib qoladi. Buxoro şahrining drayveri ham turizm, kelajagi ham turizm. Iqtisodiy tahlil qiladigan bölsak, bitta xorijiy sayyoh bir kun Buxoroda yurganda örtaça 300 dollar sarf qilyapti. Bizning maqsadimiz bugungi kunda xorijiy sayyohning qoliş davrini 3 kundan 5-7 kunga çöziş yöllarini öylaş. Bu uçun infrastruktura juda ham şart. Sayyohlarga zamonaviy mehmonxona, ovqatlaniş şoxobçalari va boşqa zaruriy muassasalar juda ham kerak. Qurilişi rejalaştirilgan turistik markaz biz öylagan rejalarni amalga oşiriş imkonini beradi.

Bu majmua işlaşi uçun quriladi, uni şaharning çekkasiga olib borib quriş kerak emas. Kim boradi u yerga? Hozir odamlar qulaylikka intiladi. Sayyohning har bir daqiqasi hisob-kitobli. Ular tavakkalçilik bilan sayohat qilmaydi, qölida xaritasi böladi. Şu jihatdan, qurilişni şahardan çetda amalga oşiriş mantiqsizlik”, deydi Jamol Nosirov.

Buxoro şahar hokimining qöşimça qilişiça, quriliş işlari xususiy investorlar tomonidan amalga oşiriladi.

“Bu yerda quriliş işlari xususiy investorlar tomonidan amalga oşiriladi. Davlat heç qanday pul tikmaydi. Kompensatsiyalar masalasida 7 nafar tadbirkor bilan gaplaşdik, dastlabki muzokaralarni boşladik, ular bu loyihaga xayrixoh. Ularning mulklari bozor narxida baholanadi va kompensatsiyalar tölab berilganidan keyin mulklari buziladi”, dedi u.