Kun.uz muxbiri maktab öqituvçilarining malakasini oşiriş va ularga malaka toifasini beriş tizimining hozirgi holati haqidagi savollar bilan ta’lim böyiça mutaxassis, pedagog Şokir Tursun bilan suhbatlaşdi.

— Şokir aka, dastlab suhbatni umumiy savoldan boşlamoqçiman. Ta’limda pedagogning eng asosiy vazifasi nimadan iborat va bu jarayonda uning malakasi qançalik muhim va öqituvçi qanday malakaga ega bölişi kerak?

— Har qanday kasbda birinçi örinda layoqat bölişi kerak deb öylayman. Kasbiy layoqat 4 bosqiçli böladi, har qanday kasb egasi şu törtalasidan biriga kiradi. Birinçisi, ongsiz layoqatsizlik deyiladi, bunday odam öz kasbiga tegişli bölgan narsalar içidan nimalarni bilmasligini bilmaydi, bular yangilik qabul qilmaydigan konservativ odamlar bölişadi. Ikkinçisi, ongli layoqatsizlik, bundaylar nimani qilolmasligini, bilmasligini biladi, bunday odam yangiliklarga oçiladi, kamçilikni töldirişga harakat qiladi. Uçinçisi, ongli layoqatlilik böladi, bunday odamlar özining nima qilayotganini, nimani qilişini yaxşi biladi. Törtinçisi, ongsiz layoqatlilik, bular hamma narsani töğri qiladi, lekin nima uçun şu töğri ekanini bilmaydi, asoslab berolmaydi. Eng xavflisi birinçi va törtinçisidir. Eng yaxşisi esa uçinçi bosqiç. Öqituvçilikda ham ularning qaysi bosqiçda ekanini aniqlab, imkon qadar birinçi va törtinçi bosqiçdagilarni kamaytiriş kerak böladi.

Pedagog kim? Menimça, öqituvçi sohasi böyiça özigaça bölgan hamma bilimlarni öquvçilarga proyeksiya qilib beradigan, ularning dunyoqaraşi, xulq-atvori şakllanişida 30 foiz hissa qöşadigan şaxs. Öqituvçi bilimlarni proyeksiya qilib beradi, toki öquvçilarda keyingi bilimlarga asos paydo bölsin. Öqituvçining gaplari, yuriş-turişi öquvçi xulqi şakllanişida rol öynaydi, ayniqsa boşlanğiç sinflarda.

Deylik, men sentabrda yangi sinfga kirib, diktatorga öxşab qoidalar örnatadigan bölsam, öquvçi xulqiga rahbar haq, itoat qiliş kerak, degan narsani singdirib qöyişi mumkin. Lekin boşqaça tarzda qiliş mumkin. Kirib turib, 3 ta qoidamiz böladi: öqituvçi amal qiladigan, öquvçilar amal qiladigan va qoida buzilgandagi jazo qöllaş, degan narsani tuşuntirib, muhokama qilib, bolalar bilan sinf kodeksi tayyorlab xonaga ilib qöysak, öquvçi özini jamiyatda teng huquqli inson sifatida köradi, mas’uliyatli ham böladi.

Masalan, men ona tili va adabiyot öqituvçisi bölsam, 45 daqiqalik darsim bilim bermasligi mumkin, lekin bolaning dunyoqaraşi şakllanişida muhim rol öynaydi. Biz jamoaviy öyinlarda ğalaba qilolmasligimiz negizini ta’limda deb bilaman. Ta’limda köproq individual işlanadi. Jamoaviy işlaşga e’tibor bersak, şunda bir-birini töldirişni, jamoaviylikni örganadi.