Forishda 64 yoshli erkak o‘qituvchi voyaga yetmagan o‘quvchi qizga shilqimlik qildi
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi darsda o‘quvchining yakka o‘zini olib qolib, yuzidan ushlagan holda unga shahvoniy shilqimlik qilgan. Sud o‘qituvchiga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘lladi.

Foto: Kun.uz
Jizzax viloyatining Forish tumanida o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi ma’muriy qamoq jazosiga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
Sud qarorida keltirilishicha, 1960 yilda tug‘ilgan O.X. Forish tumanidagi maktablardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. U 2024 yil 5 dekabr kuni soat 14:30 larda maktab o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan qizni jismoniy tarbiya darsida yakka o‘zini olib qolgan. So‘ngra qizning yuzidan ushlab, unga shahvoniy shilqimlik qilgan.
O.X. sudda huquqbuzarlik harakatiga qisman iqrorlik bildirib, o‘quvchi qizning yuzidan ushlab erkalaganini, unga shilqimlik qilmaganini bildirgan hamda qilmishidan pushaymon ekanini aytgan.
Jabrlanuvchining qonuniy vakili esa o‘qituvchini kechirmasligini, bu kabi holat oldin ham bir necha marotaba bo‘lganini, qizi qo‘rqib qolganini ma’lum qilgan hamda suddan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Forish tumani sudi qarori bilan O.X. MJtKning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Oldinroq Yangiyo‘l shahridagi stomatologiya klinikasida ishlovchi shifokor mijozga shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamalgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afg‘oniston «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘li bo‘yicha O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirdi
O‘zbekiston | 12:35
-
Bayram tugadi, endi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish kerak – Ermatov o‘smirlarni akalarining xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi
Sport | 12:23
-
Hafta oxirida ayrim joylarda harorat +39 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 12:22
-
Turkiya tekstil kompaniyasi 700 mln dollarlik sud ishida O‘zbekistonga yutqazdi
O‘zbekiston | 12:15
Mavzuga oid

11:20 / 14.03.2025
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi

12:23 / 13.03.2025
Toshkentda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi

16:08 / 04.03.2025
Toshkentda 9 yoshli qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

14:51 / 23.02.2025