“Boşida kimyoga umuman qiziqmaganman” – öqituvçilik ortidan milliarderga aylangan Mohira Boltayeva
|14:30 / 22.11.202445 11811 min
Mohira 23 yoşda. U uç yildan beri Toşkent şahrida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabda kimyodan dars beradi. Bu yil uning öquvçilaridan 3 nafari nufuzli xalqaro kimyo olimpiadasida oltin, kumuş va bronza medallarini qölga kiritdi. Ësh pedagog öquvçilarining natijalari ortidan qisqa vaqt içida qariyb 1 mlrd söm pul mukofotlarini jamğarişga erişdi. Kun.uz bilan suhbatda u xalqaro olimpiadalardagi iştiroki, pedagog sifatida kimyodan olimpiadalarga öquvçilarni tayyorlaş metodlari va muvaffaqiyat formulasi haqida gapirib berdi.
“Kimyoni örganişim ota-onamning xohişi bölgan”
Otam – fermer, onam laboratoriya xodimi, oddiy oila farzandiman. Şunga qaramasdan oilamizdagi uç farzandning barçasi öqimişli, oliy ma’lumotli. Ota-onam hamişa sifatli ta’lim olişimiz uçun katta sarmoya ajratgan.
Ikki akam – Behzod va Bobur Boltayev 2013–2015 yillarda Xalqaro kimyo olimpiadasi va Xalqaro Mendeleyev olimpiadalarida oltin, kumuş, bronza medallarini qölga kiritgan. Ikkalovi birgalaşib talabalik yillarida Toşkent pediatriya tibbiyot institutining akademik litseyida olimpiadalarga tayyorlovçi kiçik markaz oçgan va öquvçilarni öqitgan. 9-sinfni bitirganimdan söng meni ayni şu markazda öqişga taklif qilişgan. Boşida kimyoga umuman qiziqmaganman. Bu fandan olimpiadalarga qatnaşişim ota-onamning xohişi bilan boşlangan. Akalarim kimyo olimpiadalarida iştirok etib kelayotgani va bu oilaviy an’ana sifatida şakllangani bois, menga ham mazkur yönalişda özimni sinab körişimni aytişgan. Şu tariqa kimyo fanini örganişga kirişganman.
“Tajribasizligim sabab olimpiadada past ball olganman”
Litseyda öqiş vaqtida 1-kursdan olimpiadalarga tayyorlanişni boşladim, 2-kursda terma jamoa safiga qöşildim. Birinçi yil mendan kuçli bolalar köp bölgani uçun olimpiadada qatnaşa olmadim. Ikkinçi yil esa öz ustimda kuçliroq işlab, 4 kişidan iborat milliy terma jamoa safiga qabul qilindim. Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida iştirok etib, bronza medalini qölga kiritdim. Ammo bu men uçun katta muvaffaqiyatsizlik bölgan, özim kutgan natijadan ança past körsatkiçni qayd etganman. Ayniqsa, laboratoriya bölimidan tuşgan topşiriqqa javoblarni juda qoniqarsiz yozganman. 75 balldan 22 ball olganman. Yaxşi natija körsata olmaganim tajribasizlik ortidan kelgan. Masalalarni yeçişda vaqt taqsimotiga e’tibor qaratmaganman, dovdirab qolganman. Öşa vaqtda Özbekiston terma jamoasi içida eng quyi natija meniki bölgan, yopiliş marosimida parda ortida turib köp yiğlaganman. Lekin ota-onam va akalarim qöllab-quvvatlab, katta kuç berişgan. Uşbu olimpiadadan söng, 2019 yili Parijda ötkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida qatnaşdim. Unda aynan laboratoriya sinovlariga kuçliroq e’tibor qaratdim, xatolarim ustida işlab, kumuş medalni qölga kiritdim.
Mavzuga oid
“Dars ötiş meni degradatsiyadan saqlab qoldi”
Maktabda 2021 yildan buyon öqituvçi sifatida işlayman. Yoş bölganim bolalarni yaxşiroq tuşunib, ular bilan tez til topişib, yaqinroqdan işlaş imkonini berdi. Olimpiadaga tayyorlanayotgan bolalarning köpi maqsadi bor, özini anglagan böladi, şu sabab ular bilan işlaş qiyinçilik tuğdirmaydi.
Odatda, olimpiada uçun maktabda bolalarni saralab olamiz va öqitamiz. Tayyorlaş jarayonida körsatayotgan natijalariga qarab olimpiadada qatnaşişga salohiyati yeta olmayotgan bolalarni institutga yönaltiramiz. Har kuni soat 15:00 dan 18:00 gaça dars ötamiz. Maktab darsliklariga aralaşmaymiz. Özimiz tuzgan tizim hamda öquv dasturi bor, şunga binoan bolalarni olimpiadaga tayyorlaymiz.
Öquvçilarni olimpiadaga tayyorlaş menga juda yoqadi, meni degradatsiyadan saqlab qolgan narsa ham aynan dars ötişim deb bilaman. Bolalarga örgatiş uçun kitob, maqolalar öqiysiz, öz ustingizga işlaysiz, töxtab qolmaysiz. Agar şu işni qilmaganimda rivojlanayotgan tengdoşlarimdan ança ortda qolib ketgan bölardim.
Xalqaro olimpiadada tuşadigan topşiriqlar universitet kimyosiga yaqin va murakkabroq. Köp manbalarni örganiş talab etiladi. Bitta pedagogga öquvçilarni kimyodan olimpiadaga tayyorlaş qiyinlik qiladi – vaqt kam, iş köp. Men bu jarayonda jamoam bilan işlayman: kimdir material tayyorlab beradi, kimdir laboratoriya maşğulotlarini ötkazadi, yana kimdir masalalarni yeçişni örgatadi va boşqa kimdir nazariyani ötadi. Bitta öqituvçining özi öquvçiga barçasini sifatli qilib yetkazib berişga jismoniy jihatdan ulgurmaydi. Hozirda olimpiadaga tayyorlanayotgan bolalar soni 20 nafardan köp. Vazirlik tomonidan taşkil etilgan saralaşdan ötgan 4 nafar bola xalqaro olimpiadalarda iştirok etiş uçun terma jamoa safiga qabul qilinadi.
“Terma jamoa safida öquvçilarim yetakçilik qildi”
Kimyo fani böyiça eng nufuzli olimpiada bu – Xalqaro kimyo olimpiadasi hisoblanadi. Unda 90 ta davlatdan iştirokçilar qatnaşadi. Öziga xos tomoni, uşbu ilm musobaqasida har bir davlat özining saralangan, soha böyiça eng yuqori bilimga ega öquvçilaridan iborat 4 kişilik terma jamoasini yuboradi. 2024 yilda milliy terma jamoa safiga 3 öquvçim qabul qilindi. 4 kişilik jamoa içida 3 ta qatnaşuvçi mening öquvçilarim bölgani men uçun katta yutuq böldi. Ular 3 ta medal – oltin, kumuş, bronzani qölga kiritdi.
Bu olimpiadada yutuq sifatida diplom va medal beriladi, ammo pul mukofotlari yöq. Xalqaro kimyo olimpiadasi medalining özi uni yutgan bola karerasida katta imkoniyat eşiklarini oçib beradi. Nufuzli universitetlar, yirik iş beruvçilar medal sohiblariga qiziqa boşlaydi, ular biladiki, medalni qölga kiritgan bolada katta potensial bor, u özining ustida işlab, yanada yuqori natijalarni qayd eta oladi.
“Rağbat – öz ustimizda işlaşga katta iştiyoq beradi”
Özbekistonda fan olimpiadalari ğoliblarini rağbatlantiriş tizimi 2019 yilda işga tuşirilgan. Bu tizimning yölga qöyilişi ilm sohasi vakillari uçun katta motivatsiya beryapti. 2019 yil 51-Xalqaro kimyo olimpiadasida kumuş medalni qölga kiritganimda 66 mln 900 ming söm mukofot puli olganman. 18 yoşimda bilimim ortidan katta daromadga ega bölişim öz ustimda tinimsiz, kerak bölsa, uxlamay işlaşga turtki bergan.
Uç yildan buyon öqituvçi sifatida mukofot pullarini olyapman. Umumiy hisobda jamğarilgan mablağ miqdori salkam 1 mlrd sömga yaqinlaşib qoldi. 2022 yilda bir nafar öquvçim Xalqaro kimyo olimpiadasida ğolib bölgan, uning uçun menga 118 million söm mukofot puli berilgan. 2023 yil olimpiadalarda öquvçilarim yuqori natijalarni körsatgani uçun 350 mln söm pul mukofoti berilgan. Bu yil esa fan olimpiadalari ğoliblari va ularning ustozlarini taqdirlaş marosimida umumiy hisobda 378 million söm mablağ taqdim etildi.
Albatta, bu katta iştiyoq beradi. Şaxsiy kuzatuvlarimga köra, pul mukofotlarining berilişi hisobiga olimpiadalarda qatnaşiş va olimpiadalarga öquvçi tayyorlaş istagi oşgan. Öqituvçilar öquvçi tayyorlaşga harakat qilyapti, uning uçun öz ustida işlayapti, qöşimça manbalarni öqiyapti. Bunda nafaqat öquvçilar, balki öqituvçilar ham rivojlanyapti. Fikrimça, rağbatlantiriş tizimining eng foydali jihatlaridan biri – pul bilan bölsa ham insonlar orasida bilimga qiziqiş ortişi. Mayli, bola medalni qölga kirita olmasin, mayli, öqituvçi olimpiadaga bola çiqara olmasin, lekin aynan şu natijaga erişiş uçun harakat qilib öqiydi, izlanadi, bilim darajasi ortadi.
Şu kungaça 100 nafardan köp bolani öqitdim. Ularning hammasida ham yuqori natijalar qayd etilmagan. Qaysi birlaridir olimpiadaga çiqa olmagan, ba’zilari boşqa sohani tanlab ketgan. Qaysidir nuqtada öz vazifamni uddalagandirman, boşqa birida esa uddasidan çiqa olmagandirman. Eng muhimi, öquvçilarim hayotidagi ma’lum bir muddatni ilm olişga yönaltira olganim pedagog sifatidagi muvaffaqiyatimdir deb bilaman.
Bu kabi natijalarni qayd etişimga yordam bergan narsalar: mehnat, sabr, iroda. Qaysidir vaqtda töxtab qolmadik – işladik oxirigaça, qaysidir vaqtda xafa bölib taşlab ketmadik – izlandik oxirigaça, qaysidir vaqtda uxlamadik – öqidik oxirigaça. Mana şular hisobiga yaxşi natijalar körsatildi. Albatta, bugungi yutuqlar faqat bir özimning mehnatim emas, ota-onam, akalarim, jamoadoşlarim, öquvçilarim va ular ota-onalarining birgalikdagi harakatlaridir.
“Xalqaro kimyo hamjamiyatining Özbekistonga işonçi ortyapti”
Mamlakatimiz 2024 yilda Xalqaro kimyo olimpiadasida 90 ta davlat orasida 11-örinni qayd etilib, milliy terma jamoa a’zolari 1 ta oltin, 2 kumuş, 1 ta bronza medallarini qölga kiritdi. Ötgan yili 90 ta davlat orasida 9-örinda edik, 2 ta oltin, bitta kumuş, bitta bronza medalini olgandik. 2022 yilda esa terma jamoa xalqaro olimpiadada umumiy hisobda oltin ham ololmagan, 4 ta kumuş medal bilan qaytgan. Natijalar asta-sekin yaxşilanyapti, kelgusi yillarda kuçli 10 talikka kirişga umid qilamiz.
Ayni vaqtda Özbekistonning xalqaro olimpiada reytingida egallab turgan örnini yaxşi körsatkiç deb bemalol aytişimiz mumkin. Sababi röyxatda yuqori örinlarda qayd etilgan mamlakatlar uzoq yillardan beri uşbu statusni uşlab turgan davlatlardir, ularning darajasida yetib oliş uçun bizga bir neça yil kerak böladi.
Xalqaro kimyo hamjamiyati Özbekiston yoşlarining bu fan böyiça salohiyatini tan ola boşlayapti. Şuning uçun 2026 yilda xalqaro kimyo olimpiadasini ötkaziş Özbekistonga topşirildi. Endi mazkur yirik tadbirni özbekistonliklar taşkil qiladi, olimpiada doirasida beriladigan savollar, masalalarni Özbekistondagi mutaxassislar tuzadi. Albatta, bu katta işonç. Ikki yildan keyin 90 dan ortiq davlatdan taşrif buyuruvçi kimyo sohasi bilimdonlarini kutib olamiz, hozirda xalqaro kimyo olimpiadasini mamlakatimizda ötkaziş böyiça tayyorgarlik jarayonlari boşlangan.
“Özim kutgan bilimni ololmadim”
Olti yil mobaynida institutda öqib, tibbiyot sohasida faoliyatimni davom ettirmaslikka qaror qildim. Oliygohda birinçi kursda ta’lim olişni boşlaganimda hammasi boşqaça böladi, deb tasavvur qilgandim, beş yil avval reja va maqsadlarim özgaça edi. Institutda özim kutgan, özim xohlagan bilimni töplay olmadim. Bir narsani tuşundim: sohani faqat professional pedagoglardan örganiş kerak, çalasavod bölib qolişingizni heç qanday omil bilan oqlab bölmaydi.
Endilikdagi rejam – biokimyo sohasini çuqur özlaştiriş, sohaning kuçli mutaxassislarini topib, ularning tajribasini örganiş va şu yönaliş böyiça malakali pedagog sifatida dars beriş. Asosiy maqsadlarimdan biri esa ilmiy muhitdan uzoqlaşib ketmaslik, ilmiy jamiyatning içida böliş, zaruriy vaziyat tuğilsa, şunday jamiyatni taşkil qilişga yordam berişdan iborat.