Maktablardagi inspektor-psixologlar ştati IIVdan Milliy gvardiyaga ötkazilgani munosabati bilan 14 fevral kuni AOKAda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi hamda Milliy gvardiya xodimlari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. 

Unda mas’ullar Kun.uz muxbirining jarayonda nima sabab dastlab davomatni yaxşilaşga e’tibor qaratilayotganiga oid savoliga javob berdi. 

Milliy gvardiya markaziy devoni boşqarma boşliği Zafar Alimovning aytişiça, bu vaziyatda işni davomatdan boşlaş töğri. 

“Işni nimadandir boşlaş kerak? Milliy gvardiya organlariga maktabga muntazam ravişda kelmayotgan bolalar bilan işlab, ularning şaroitini örganib, maktabga qaytariş vazifasi yuklatilgan. Deylik, şunday qilmoqçimiz. Bolalardan kim kelmayapti, kim kelayotganini aniqlaş uçun davomat[ni biliş] degani. 

Boşida juda köp joylarda 30 foizga yaqin bolalar kelmayotgani aytildi. Lekin örganib körganimizda, 30 foizga yaqin bolalarning kelmayotganlik sabablari ajratib olingan”, – dedi u. 

Alimov bu boradagi aniq statistik raqamlarni keltirmadi. Ma’lumot uçun, respublika böyiça jami 6,5 mln nafar öquvçi va 10 mingdan ortiq maktab bor. 

Xodim maktab ta’limidan norozi bölib, bolalarini noqonuniy diniy ta’lim muassasalarida öqitiş holatlarini ham aniqlaş muhimligini ta’kidladi. 

“Biz ularni aniqlab olişimiz, ular bilan qanday işlaşimizni rejalaştirib olişimiz kerak. Şu bilan birga, oilaviy marosimlari, töy-haşam, ma’raka bölişi mumkin. Ular bilan işlaymizmi yoki yöq? Biz özimiz işlaydigan bolalar kontingentini ajratiş va ular bilan işlaşning alohida yönalişlarini belgilab olişimiz kerak. Har bitta bolaga alohida yondaşişimiz kerak”, – dedi u. 

Şuningdek, Zafar Alimov elektron tizimda bolalar davomati 95-98 foiz qilib yozilgan bölsa-da, asl holatda kelmaydigan öquvçilar soni köproq ekanini aytib ötdi. 

“Öziga yaraşa sabablar bilan [raqamlar orasida] tafovut yuzaga keldi. Hozirgaça 1 hafta ötgan bölsa, biz bu tafovutlarni töğrilab oldik. Maktab öqituvçilarining davomat belgilaşi va kundalik.com dasturiga kiritişini tartibga keltirib oldik. Endi biz muntazam ravişda kelmayotgan, qaysidir sabablar bilan çet elga yoki boşqa hududga çiqib ketgan öquvçilarning hammasini örganamiz. Örganganimizdan keyin sizga statistik ma’lumotlarni yetkazamiz”