Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi bilan janjaldan keyin 3-sinf o‘quvchisi kasalxonaga yotqizildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Bektemir tumanida joylashgan 293-sonli maktabning 3-sinf o‘quvchisi 290-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi tomonidan kaltaklangani haqida xabar tarqaldi.
Mazkur holat Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlanishicha, holat 4 oktyabr kuni darsdan keyin soat 16:30 dan o‘tgan vaqt oralig‘ida bo‘lib, bolalar o‘z uyidan futbol o‘ynagani chiqqan bo‘lgan.
Maktabning 3-sinf o‘quvchisi 9-sinf o‘g‘il bolani haqorat qilib velosipedda qochib ketmoqchi bo‘lganida 9-sinf o‘quvchisi velosipedning orqa g‘ildiragiga oyog‘i bilan tepgan, natijada 3-sinf o‘quvchisi yuz qismi bilan yiqilib tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan hozirgi kunda tuman IIB tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda. Hozirda bolaning holati yaxshi, deyiladi Toshkent shahar MMTB xabarida.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
16:28 / 13.06.2026