Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning muzlatilgan aktivlari birinchi marta boshqa davlatga berildi – OAV
Yarim million dollar mablag‘ Estoniyaga berilgani ta’kidlanmoqda.
AQSh Adliya vazirligi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 500 ming dollarni Estoniyaga o‘tkazdi. Bu haqda RBK nashriga tayanib, Lenta xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bunday hodisa aktivlar muzlatilganidan keyin birinchi marta sodir bo‘lmoqda.
RBK AQSh bu qiymatni Tallinga o‘tkazib bo‘lgani haqida xabar bersa-da, RIA Novosti bu transfer hali reja jarayonida ekanini ma’lum qildi.
13 fevral kuni Estoniya hukumati Yevropa Ittifoqidan uzoq muddatli siyosat o‘rnatish uchun Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilishga chaqirgan edi.
Bundan tashqari, Estoniya ham Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilishga ruxsat beruvchi qonun ustida ishlamoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina bosqini boshlangach, Rossiya Markaziy Bankining 300 mlrd dollar mablag‘i xorijda muzlatib qo‘yilgan. AQSh va Yevropa Ittifoqi bu mablag‘larni Ukrainani tiklash uchun yo‘naltirish imkoniyatini izlamoqda.
Mavzuga oid
23:40 / 11.04.2026
AQSh-Eron muzokaralari “boshi berk ko‘cha”ga kirib qoldi - OAV
12:48 / 11.04.2026
Uchuvchi Eron tog‘larida: «Trampni qutqarish» operatsiyasi haqida
09:01 / 11.04.2026
AQShdagi Livan va Isroil elchilari telefon orqali gaplashdi
22:27 / 10.04.2026