Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fayzullayev transfer bahosi bo‘yicha Shomurodovga yetib oldi
Transfermarkt portali Osiyo kubogi-2023 bahslaridan keyin bir qator futbolchilarning transfer bahosini o‘zgartirdi.
Xususan, O‘zbekiston milliy jamoasining uch nafar futbolchisining transfer bahosi Transfermarkt portalida ko‘tarilgan.
O‘zbek futbolchilari orasida eng katta o‘sish Abbosbek Fayzullayevda kuzatildi. Osiyo kubogida Hindiston va Tailand darvozasiga gol urgan 20 yoshli yarimhimoyachining transfer bahosi 1 million yevroga oshib, 4 milliondan 5 million yevroga ko‘tarildi.
Shu tariqa, Abbosbek bu borada O‘zbekistonning eng qimmatbaho futbolchisi bo‘lib turgan Eldor Shomurodovga yetib oldi. «Kalyari» forvardi Osiyo kubogini o‘tkazib yuborgach, transfer bahosi o‘zgarishsiz (5 mln yevro) qolgan.
Shuningdek, «Lans» himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer bahosi 500 ming yevroga ko‘tarilib, 1,5 mln yevrodan 2 million yevroga yetgan. Milliy jamoa hamda «Nasaf» klubi vakili Zafarmurod Abdurahmatovning transfer qiymati 150 ming yevroga ko‘tarilib, 500 ming yevroga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov so‘nggi 4 yildan buyon O‘zbekistonning eng qimmatbaho o‘yinchisi bo‘lib turgandi. Endi u bu nomni Abbosbek Fayzullayev bilan birga bo‘lishadi.
Mavzuga oid
00:56 / 25.04.2026
Shomurodov dubl qayd etgan o‘yinda “Boshoqshehir” yirik hisobda g‘alaba qozondi
18:27 / 22.04.2026
«Istanbul Boshoqshehir» Eldor Shomurodovni to‘liq sotib oladi
19:16 / 11.04.2026
Shomurodov dublga erishib, Turkiya superligasidagi golsiz seriyasiga yakun yasadi
20:46 / 21.02.2026