Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarga soliq auditi qarorlari ustidan to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga shikoyat qilishga ruxsat berildi
Prezident imzolagan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan tadbirkorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilishiga doir cheklovlar bekor qilindi hamda sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kengaytirildi.
“Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va OAVda bu haqda e’lon berish talabi bekor qilindi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi
08:50 / 20.09.2024
Soliq qo‘mitasi ikki bankni javobgarlik choralari to‘g‘risida ogohlantirdi
19:46 / 19.09.2024
Jamoat transporti uchun QQS imtiyozi bekor qilinadi
20:38 / 14.09.2024