07:27 / 22.02.2024
7439

Afg‘onistonda temiryo‘l liniyasini tiklash uchun 120 nafar o‘zbekistonlik xodim safarbar qilindi

“Hayraton” stansiyasida “O‘zbekiston temiryo‘llari” hamda Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi vakillari ishtirokida Hayraton - Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini qayta tiklash va ta’mirlashga bag‘ishlangan ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston temiryo‘llari

“O‘zbekiston temiryo‘llari” xabariga ko‘ra, tiklash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shundan kelib chiqib, “O‘zbekiston temiryo‘llari" tomonidan birinchi bosqich uchun 120 nafar ishchi xodim safarbar qilingan.

Birinchi bosqichda yuk vagonlarini qisqa muddatda “Naibobod” stansiyasiga yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadda “Hayraton” stansiyasining “B” parkida hamda temiryo‘l infrastrukturasining 57 km bo‘lgan hududlarida to‘liq tiklash ishlari parallel ravishda tashkil etilgan.

Top