Navoiy şahridagi maktablardan birida öquvçilar soçini oliş “tadbiri” ötkazildi. Bolalar ombudsmani buni bolaning şaxsiy daxlsizlik huquqi, şa’ni va qadr-qimmatiga tahdid deb atadi. Jamoatçilik faollari davomat va bu kabi “taşabbus”lar bilan ta’lim sifatiga erişib bölmasligini aytmoqda.

Soç oldiriş “tadbiri”

23 fevral kuni Kun.uz öz manbasiga tayanib Navoiy şahridagi 2-maktabida öğil bola öquvçilarning ommaviy ravişda soçini oliş “tadbiri” ötkazilgani haqida xabar berdi. Bu iş maktab direktori Nurqobil Yusupovning taşabbusi ekani, uning topşiriği bilan maktabga sartaroş çaqirilgani aytilmoqda.

Holat böyiça Navoiy viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi boşliği Ra’no Hayitova izoh berib, boşqarma bu vaziyatni umuman oqlamasligini aytdi.

“Özi şu maktab direktori bilan keça gaplaşgandim, maktab faoliyatini töliq örganamiz. Bu holat umuman mumkin emas. Bunday direktor işda qolişi ham mumkin emas aslida. Maktabda öquvçining soçiga tegişga umuman haqqi yöq. Bu pedagogning etika qoidasiga töğri kelmaydi”, – dedi boşqarma boşliği.

Navoiy viloyati Milliy gvardiya boşqarmasi matbuot kotibi Ramazon Kubayev esa Milliy gvardiya xodimlari maktab direktorining bu taşabbusiga qarşi bölişganini bildirgan.

“Biriktirilgan xodimlarimiz davomat nazorati uçun maktabga borganida uşbu holatning ustidan çiqişgan. Bu, albatta, mumkin emas. Şu sababli maktab direktoriga jarayonni töxtatişni hamda öquvçilarni darsga qaytarişni aytişgan”, – dedi Kubayev.

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ham holatni qoraladi. Uning sözlariga köra, maktab ma’muriyatining bunday harakatlarga yöl qöyişi mutlaqo mumkin emas.