Navoiy şahri zaharli tutun içida qoldi. Holat bugun, 19 iyul kuni erta tongdan kuzatilgan. Bu haqda Kun.uz’ga murojaat yöllagan fuqarolar ma’lum qildi.

Murojaatçilarga köra, zaharli tutun erta tongdan şaharni qoplab olgan. Bu kabi holat oldinroq ham kuzatilgan.

“Hidi juda ötkir, yötal qözğayapti, nafas oliş deyarli imkonsiz. Sönggi paytlarda bu kabi holat ketma-ket sodir bölmoqda. Bolalarimiz soğligidan xavotirlanib qoldik. Qaçongaça bunday zaharli tutun içida yaşaymiz, bilmaymiz”, deydi murojaat yöllagan fuqarolardan biri.

“Navoiyazot” AJ axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy bayonot berib, zaharli tutunga zavodning aloqasi yöqligini ma’lum qildi.

Unga köra, 19 iyul kuni tonggi vaqtda Navoiy şahri hududini çangsimon tutun qoplagan. Şu kabi holat joriy yilning 13 iyul kuni ham kuzatilgan.

“Aholi orasida bu vaziyat “Navoiyazot” AJ faoliyati bilan boğliq degan asossiz va isbotlanmagan fikrlar bor. Korxona tomonidan atmosferani ifloslantiruvçi taşlamalar miqdorining me’yoridan oşmasligini nazorat qiliş maqsadida 3, 23, 25-sexlarga 3 dona avtomatik gazoanalizator, jamiyatga qaraşli sanatoriy-profilaktoriy hamda boşqarma hududiga 2 dona statsionar postlar örnatildi. Bunga “Navoiyazot” AJ hisobidan 6 mlrd 186 mln söm mablağ sarflandi. Şuningdek, atmosferaga manbalardan taşlanuvçi taşlamalarni tutib qoliş maqsadida 3-sex donadorlaş minorasiga 1 dona skrubber, 23-sex donadorlaş minorasiga 4 dona skrubberlar örnatildi. 

Korxona hududi va atrofini nazorat qiliş maqsadida 500 dan ortiq zamonaviy kuzatuv kameralari örnatilgan. Yer sathidan 120 metr balandlikdagi 10-15 km masofadagi jarayonni yaqqol köriş imkoniyatini beruvçi kamera tasvirlaridan köriş mumkinki, bugun va 13 iyul sanasida atmosferaning ifloslanişiga sabab bölgan holat korxonaga taalluqli emas.

Ğarbiy hududdan havoga kötarilgan çangsimon tutun şamol yönalişi böylab korxona usti va atrofidan ötib, keyin butun şaharga tarqalgan”, deyiladi zavod bayonotida.

Holat yuzasidan Navoiy viloyati Ekologiya boşqarmasi ham rasmiy munosabat bildirdi. Unga köra, 19 iyul kuni ertalab tong vaqti 7:00 dan 9:00 ga qadar boşqarma tahliliy laboratoriyasi hamda “Navoiyazot” AJga qaraşli Sanitar laboratoriyasi bilan zavod atrofida tahlil işlari olib borilgan.