Navoiy şahridagi 2-umumta’lim maktabi direktori tomonidan ta’lim maskaniga sartaroş çaqirtirilib, öquvçilarning soçi majburiy oldiriliş holati yuzasidan Bolalar ombudsmani örganiş boşladi.

“Maktab ma’muriyati tomonidan bunday harakatlarga mutlaqo yöl qöyib bölmaydi. Birinçi navbatda, bu umumiy örta ta’lim muassasalarining odob-axloq qoidalariga zid. Muhimi esa, bu bolaning konstitutsiyada kafolatlangan şaxsiy daxlsizlik huquqi hamda uning şa’ni va qadr-qimmati hurmat qilinişi huquqiga tahdid soladi. Mazkur harakatga yöl qöygan mas’ullarga nisbatan tegişli çora körilişi zarur”, deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.

Qöşimça qilinişiça, hozirda bu kabi nomaqbul holatlarning boşqa ta’lim muassasalarida ham yuzaga kelmasligi böyiça çoralar körilmoqda.

Oldinroq Navoiy şahridagi 2-umumta’lim maktabida öğil bola öquvçilarning ommaviy ravişda soçini oliş “tadbiri” ötkazilgani, bu maktab direktori Nurqobil Yusupovning taşabbusi bölgani xabar qilingandi. Navoiy viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi boşliği Ra’no Hayitova bu umuman oqlab bölmaydigan holat ekanligini bildirgan.