Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda tiktoker 10 sutkaga qamaldi
U mayda bezorilik va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatishda aybdor deb topilgan.
Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Sardor Safarboyev jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tumani sudining 2024 yil 21 fevraldagi qarori bilan 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sudlarining rasmiy kanali xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 1998 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz, TikTok va YouTube ijtimoiy tarmog‘ida Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilib kelgan, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan Sardor Safarboyev jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudining 2024 yil 21 fevraldagi qarori bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 184-3-moddasida (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
23 fevral kuni Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan S.Safarboyevning shikoyati apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilib, birinchi instansiya sudining qarori o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026