Elektr energiyasidan pul “yasaydi”

Mayning “raqamli valutaga erişiş, topiş yoki qölga kiritiş” ma’nosini anglatadi. Mayning ferma bu – bir tizimga birlaştirilgan bir qança kompyuterlar yoki serverlar.

Köpçilik raqamli valutalar haqida eşitgan. Dökonlarda tölovlar bitkoinlarda qabul qilinmasa-da, kriptovalutalar raqamli dunyoda özining mustahkam örniga ega bölib ulgurgan. Mayning sanoati kriptovalutalarga sarmoya kiritişning hamon juda maşhur usuli bölib qolmoqda. Dunyo böylab millionlab odamlar raqamli aktivlarni “qazib oliş”dan manfaatdor va unga sarmoya kiritişga hamon tayyor.

Turli kriptovalutalar uçun har xil uskunalar işlatiladi. Xususan, bir neça yillar oldin bitkoinni oliş uçun asosan videokartalardan keng foydalanilgan bölsa, keyin ular maxsus işlab çiqilgan protsessorlar (ASIC) bilan almaştirilgan.

Jahondagi barça mayning uskunalari biz tasavvur ham qilolmaydigan darajada elektr energiyasini iste’mol qiladi. Oddiy qilib tuşuntirganda mayning qurilmasi elektr energiyasi yordamida kriptovaluta “yasaydi”. Keyin öşa kriptovaluta kripto-birjalar orqali sotilib, haqiqiy pulga aylantiriladi. 

Ma’lumotlarga köra, 1 bitkoinni işlab çiqariş uçun mingta xonadonning bir oylik elektr energiyasiga teng elektr sarflanadi. 1 bitkoin narxi hozirgi kun holatiga 51 ming AQŞ dollaridan köproqni taşkil etadi. 54 ta qurilmaga ega mayning ferma 1 bitkoinni 1 soatda işlab çiqadi.  

Jahonda vaziyat qanday?

Kembrij universiteti olimlarining tadqiqotlariga köra, birgina bitkoin kriptovalutasini oliş uçun yillik 121,36 TWh elektr energiyasi zarur bölar ekan. Bu taxminan Özbekiston aholisining ikki yil davomida iste’mol qiladigan elektr energiyasiga tengdir.

BitRiver ma’lumotlariga köra, dunyoda mayning böyiça yetakçi davlat kriptovaluta işlab çiqarişga jalb qilingan quvvat miqdori böyiça 3-4 GW quvvatga ega bölgan AQŞ hisoblanadi. Undan keyingi örinni 1 GW quvvatga ega Rossiya egallagan. Qozoğistonda mayning bilan şuğullaniş uçun qöyilgan çeklovlar va Xitoyda elektr taqçilligi sabab Rossiya reytingda yuqorilagan.

AQŞda ham soliq imtiyozlarining olib taşlanişi, elektr energiyasi narxining oşişi va tartibga soluvçilarning çeklovçi harakatlari tufayli mamlakatda kriptovaluta bozori ösişi sekinlaşişi kutilmoqda.