Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATO a’zosi bo‘lishini ma’qulladi
Endi Shvetsiyaning NATO a’zosi bo‘lishi uchun boshqa to‘siq qolmadi.
Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATO a’zosi bo‘lishi haqidagi arizasini ma’qulladi va shu tariqa mamlakatning Shimoliy Atlantika ittifoqiga a’zo bo‘lishi yo‘lidagi so‘nggi to‘siqni olib tashladi.
Vengriya alyansning 31 ta a’zosi ichida Shvetsiyaning arizasini ma’qullagan oxirgi mamlakat bo‘ldi. Yanvar oyida ushbu masala bo‘yicha ovoz berishni paysalga solib kelayotgan yana bir davlat - Turkiya parlamenti ham Shvetsiyani ittifoqqa qo‘shilishiga rozilik bergan edi.
Vengriya parlamentining 188 nafar deputati Shvetsiya arizasini ratifikatsiya qilishni ma’qulladi, 6 nafari qarshi bo‘ldi.
Ovoz berishdan so‘ng Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson buni o‘z mamlakati uchun tarixiy kun deb atadi.
«Bugun tarixiy kun. Endi barcha NATO davlatlarining parlamentlari Shvetsiyani NATO a’zosi bo‘lishi uchun ovoz berishdi. Shvetsiya Yevro-Atlantika xavfsizligini ta’minlashda yordam berishga tayyor», deb yozadi Kristersson ijtimoiy tarmoqda.
200 yildan beri harbiy ittifoqlarga qo‘shilmagan Shvetsiya 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli tajovuzi boshlanganidan keyin Finlyandiya bilan birga NATO a’zosi bo‘lish uchun ariza bergan edi.
NATO a’zolarining aksariyati har ikki davlatning ittifoqqa qabul qilinishini tezda ratifikatsiya qildi, biroq Shvetsiyani Kurdiston Ishchilar partiyasi a’zolariga boshpana berganlikda ayblagan Turkiya bu jarayonni kechiktiraverdi. Vengriya Shvetsiyaning prinsipial jihatdan a’zoligiga e’tirozi yo‘qligini bir necha bor ta’kidladi, ammo qarorni kechiktirishda davom etdi.
Natijada, Finlyandiya o‘tgan yilning aprel oyida NATO a’zosi bo‘ldi, Shvetsiya esa haligacha a’zo bo‘lish jarayonini yakunlay olmayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi
O‘zbekiston | 12:04
-
Fitso davlat to‘ntarishi tahdidi yuzasidan Slovakiya Xavfsizlik kengashini chaqirdi
Jahon | 11:55
-
Toshkent - Xo‘jakent temiryo‘li Chinorkentgacha uzaytirildi
O‘zbekiston | 11:52
Mavzuga oid
20:50 / 21.01.2025
Estoniya NATOdan elektr ta’minoti infratuzilmalarini qo‘riqlashda yordam so‘raydi
15:45 / 17.01.2025
O‘zbekiston va Vengriya Xavfsizlik kengashlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtiradi
22:12 / 16.01.2025
Zelenskiy Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga qarshi bo‘layotgan davlatlar nomini oshkor qildi
16:18 / 16.01.2025