14:50 / 27.02.2024
1320

O‘zbekiston Misr bilan qand lavlagi yetishtirish imkoniyatini o‘rganmoqda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddi rahbarlarining Nayl Shugar Misr kompaniyasi Qishloq xo‘jaligi biznesini rivojlantirish bo‘yicha direktori Abdelnaser Torki rahbarligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Pixabay / Gyöngyi Nagy

Unda Nayl Shugar kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonning Jizzax viloyati hududlarida qand lavlagini yetishtirish va shakar mahsulotini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar chog‘ida mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasida xorijiy investitsiya loyihalarini amaliyotga tatbiq etish uchun hukumat tomonidan xorijiy investorlar uchun yaratilgan muhit va ularga beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumot berib o‘tildi.

Muzokarada, shuningdek, kompaniya tomonidan Germaniya, Niderlandiya, Fransiyadan import qilib olib kelinadigan qand lavlagi urug‘larini dastlab tajriba-sinov tarzida Jizzax viloyatidan ajratiladigan 50 – 60 gektar yer maydonlarida ekib ko‘rish, bu maydonlarning geografik joylashuvi va tuproq tarkibi, sug‘orish mexanizmlari haqida fikr bildirildi.

Mavzuga oid
Top