Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida soxta sud majlisida hujjat qabul qilingani aniqlandi
Sudyaga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llangani ta’kidlanmoqda.
Toshkent viloyati, Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi o‘tkazilmagan sud majlisini go‘yoki bo‘lib o‘tgan, deb qayd etib, tegishli sud hujjatini qabul qilgan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga Sudyalar oliy kengashi munosabat bildirdi.
Qayd qilinishicha, mazkur holat yuzasidan o‘z vaqtida xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Toshkent viloyati sudlari sudyalari malaka hay’ati qarori bilan sudyaga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Munosabatda hodisa qachon bo‘lgani, qanday hujjat qabul qilingani, sudyaning ismi-sharifi va unga nisbatan qo‘llanilgan jazo qandayligiga aniqlik kiritilmagan.
«Mazkur qarordan norozi taraf Sudyalar oliy malaka hay’ati va Sudyalar oliy kengashiga shikoyat qilish huquqiga ega. Shikoyat belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:25 / 11.08.2025
Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi
11:20 / 07.08.2025
Sudyalar oliy kengashida “rekord”: rais vakolat muddati tugashi arafasida 100 dan ortiq tayinlovni amalga oshirdi
19:55 / 19.09.2024
«Sudya mustaqilligini ta’minlash uchun o‘z ustida ishlashi kerak» - Sudyalar oliy kengashi
13:41 / 02.07.2024