Bugun, 11 avgust kuni Oliy Majlis Senati kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Kengash majlisida Sudyalar oliy kengashi raisini saylash masalasi ko‘rib chiqilgan. Oliy Majlis Senati kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining taqdimiga binoan Xolmo‘min Yodgorovni Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Shuningdek, majlisda o‘tgan besh yil davomida Sudyalar oliy kengashi tomonidan mamlakatda sud hokimiyatining nufuzi va samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berilgan.
Ma’lumot uchun, Sudyalar oliy kengashi a’zolari 5 yil muddatga saylanadi. Bu “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunning 27-moddasida belgilab qo‘yilgan.











