“Şantaj”çi ota-onalar, tarbiyasiz bolalar va majburan işlayotgan öqituvçilar. Ustozlar – maktablardagi vaziyat haqida
|19:10 / 28.02.2024128 18310 min
“Sizga darsimda bölgan oddiy holatni aytib beray: hamma topşiriq bajarayotgan vaqtda bir öquvçi nihoyatda xunuk söz bilan sökindi. Buni hamma eşitdi, qizlar yerga qarab özlarini eşitmaganga soldi, ayrim qitmirroq bolalar kulişdi. Men nima qilişni bilmayman – urişay desam, şu sözni eşitganimdan özim uyalyapman, urişmasam darsda şunaqa söz aytilsayam ustoz indamadi deyişlari mumkin. Tanbeh berişni boşlaganimni bilaman, “siz darsingizni öting” degan javobni oldim...”
Sun’iy intellekt yaratgan suratSun’iy intellekt yaratgan surat
Maktablarda öqituvçi va öquvçi janjali yana ijtimoiy tarmoqlarning asosiy mavzusiga aylandi. Qaysidir maktabda öquvçi öqituvçini ursa, yana boşqa birida öqituvçi öquvçini urgan...
Xöş, vaziyat bu holga kelişiga kim yoki nima sababçi? Ta’lim va tarbiyaning qayerida xato borki, öqituvçi va öquvçi örtasidagi ziddiyat kun tartibidan tuşmay qoldi?
Kun.uz şu kabi savollarga maktab içkarisidan javob izlab kördi. Sörovnomada qatnaşgan ustozlarning dard-u hasratlari sizlarni ham befarq qoldirmasa kerak. Fikr qoldirganlarning iltimoslariga köra, şaxslari oşkor qilinmaydi.
“Ba’zi ota-onalar bolaga oddiy etiket qoidalarini ham örgatmasligidan nega boşqalar aziyat çekişi kerak?”
N. Toşkent şahri:
— 11 yildan beri maktabda işlayman. Sizga 2 kun avval darsimda bölgan oddiy holatni aytib beray: hamma topşiriq bajarayotgan vaqtda bir öquvçi nihoyatda xunuk söz bilan sökindi. Buni hamma eşitdi, qizlar yerga qarab eşitmaganga soldi, ayrim qitmirroq bolalar kulişdi. Men nima qilişni bilmayman – urişay desam şu sözni eşitganimdan özim uyalyapman, urişmasam darsda şunaqa söz aytilsayam ustoz indamadi deyişlari mumkin. Tanbeh berişni boşlaganimni bilaman, “siz darsingizni öting” degan javobni oldim. Men bunga qarab turolmayman, öquvçi bilan gaplaşib, kerakli tuşuntirişni berdim. Lekin nega ba’zi ota-onalar bolaga hatto oddiy etiket qoidalarini ham örgatmasligidan boşqalar ham aziyat çekişi kerak? Agar men ham şu öquvçi bilan tortişsam, butun darsim havoga uçardi, boşqa bolalarning vaqtini bekorga sovurardik.
Ularga nima bilan tuşuntirişni bilmaysan, biror çora körolmaysan: çoraklik baho qöyişga majbursan. Hatto öşa bola ismini töğri yozolmasayam. Sinfda qoldirolmaysan, bundan qörqişmaydi. Qoldirilgan bilan keyingi yil yana kimningdir boşiga balo böladi, özgarib qolmaydi. Ulardan faqat maktabni bitirişganda qutuliş mumkin.
“Qani imkoni bölsa, boşqa işga ötib ketsam...”
S. Namangan viloyati:
— Bugun na ota-ona, na öquvçi ustozni hurmat qilmaydi. Öquvçidan qattiqroq turib talab qiladigan bölsangiz, ustingizdan yozadi. Bolalar öz uyida ota-onadan tarbiya olmaganiga yaraşa, maktabda tarbiya qilişga ham yöl qöyilmaydi. Darsning yarmini tarbiyasiz öquvçilarni darsga jalb qilişga sarflaymiz. Hamma narsa pul bilan ölçanadigan zamondamiz. Kunda-kunora komissiya kutamiz. Komissiya heç qaçon uslub örgatmaydi, faqat ayb qidirib, jarima solişni öylaydi.
Mavzuga oid
Yangilik emaski, Kundalik.som na öquvçilarga, na ularning ota-onalariga qiziqmas. Lekin har yiğilişda rahbarlar joyimizdan turğazib qöyib, bizdan neçta öquvçimiz, neçta ota-ona şu platformaga kirgan-kirmagani haqida söraşadi. Tinimsiz aytib, sörab, zörğa kirgizamiz yoki ular nomidan özimiz kiramiz – yarim kun vaqt ketkazib. Ota-ona kirmasa biz hayfsan olamiz, tuşuntiriş xati yozamiz, bir kunlik iş haqimizni olib qolişadi.
Şu platforma uçun tölanadigan pulni sörab, boşimiz baloga qolişini birov bilmaydi. Yaqinda bir otaga şuni tölab qöyiş kerakligi, öziyam kunda bolasining baholarini bilib turişi mumkinligini aytib, baloga qoldim. “Yana bir marta telefon qilsang, mendan pul talab qildi, deb şikoyat qilaman” dedi. Bilaman, bu şikoyati bilan heç narsaga erişolmaydi, lekin baribir direktor bizga uzr sörattiradi, töğri tuşuntirmagansan deydi. Özi yöq obröyimiz battar yer bilan bitta böladi.
Oxirgi 2 yilda juda çarçadim, işlagim kelmayapti şu sohada. Oldinlari maza qilib işga borardim, hozir majburiyat uçun boraman. Qani imkoni bölsa, boşqa işga ötib ketsam. Sohada xuddi şunday menga öxşab boşqa joyga ketolmaydigan, şu yerda işlaşga majburlar qolgan desam adaşmayman. Köpçilik hamkasblarim bilan gaplaşsam eri boşqa joyda işlaşga ruxsat bermagani uçun maktabda işlayotganini aytadi. Şunaqa holatda ta’limni rivojlantiriş mumkinmi?
“Şantajçi” ota-onalardan, öquvçilardan öqituvçini himoya qiladigan tizim yöq”
D. Samarqand viloyati:
— Öqituvçiga hamma xöjayin – rahbariyat, hokimiyat, ota-onalar, öquvçilar. Faqat öqituvçidan talab qiliş oson, lekin unga işlaşi uçun şaroit yaratiş kerak. Har ikki kunda keladigan tekşirişlar bezdirib yuboryapti sohadan xodimlarni. Hali hokim kelarmiş, hali prokuror, hali voyaga yetmaganlar bilan işlaydiganlar, hali vazirlik deb jonimiz halak. Şunaqa xabar kelişi bilan maktabda dars töxtaydi desam işonasizmi? Çunki u yer-bu yerni tozalaş, sinfxonalar holatiga e’tibor qaratiş, davomatni töğrilaş, öquvçilarni öquv qurollari-yu, formasiga qarab qöyiş uçun kim yuguradi? Albatta öqituvçi. Kelganlarga “obed” taşkillaştiriş ham kerak.
Kelgan komissiya baribir ayb topib, sizni hammaning oldida yer bilan bitta qilib ketadi. Şundan keyin biror inson öqituvçini hurmat qiladimi? “Şantajçi” ota-onalardan, öquvçilardan öqituvçini himoya qiladigan tizim yöq. Şuning uçun ham öqituvçilar qörqoq bölib qolgan, befarq, mas’uliyatsizga aylanişyapti. Oç qornim – tinç quloğim deydigan.
Men ba’zi hamkasblarimni ham oqlamayman, tizimda öqituvçining obrösini tuşirayotgan, 45 daqiqalik darsni amal-taqal qilib ötayotganlar ham bor. Metodikani bilmaydigan, bolalar bilan til topişa olmaydiganlar qança...
Öqituvçilik – bu şunçaki iş emas, bu san’at degan bölardim kerak bölsa. Çunki şunday yondoşmagan ustoz öquvçini öziga jalb qila olmaydi. Bola uni tinglamadimi, demak boşqalargayam xalal beradi. Uning umri, vaqti kökka sovuriladi. Ularni deb tizimdagi hamma yomonga çiqadi.
— Öqituvçidan xöjalik işlarini oliş kerak. U bilim beradigan odam, komissiya kutadigan, maktabni remont qiladigan, kelmagan bolani uyiga boradigan, tekşiruv kelsa gapga qolmay deb, forma-paypoq bilan şuğullanadigan şaxs emas. U tinimsiz şuğullanişi, özining ustida işlaşi kerak. Lekin unaqa öqituvçining işi körinmaydi. Maktablarda şunaqa muhit şakllandiki, ming tajribali, yaxşi ustoz böling – kimdir tekşirganda öquvçilaringiz formasiz, soçi ösgan bölsin, bir tiyinsiz. Yoki metodikangiz zör bölsin, lekin qoğozbozlikni bilmasangiz, yana şu gap.
Direktorga nimadir qilmasang, darsing kamayadi, yaxşiroq sinf ololmaysan. “Zamdirektor”ga nimadir bermasang, ustama ololmaysan. Baribir pul berarkanmiz, öz ustimizda işlab nima qilamiz degan fikr böladi.
Bultur bir öquvçim bir hafta kelmagani uçun uyiga bordim. Eşikni taqillatsam ota oçdi, ğirt mastligi körinib turibdi. Kelişga keldim, endi maqsadimni aytay deb gap boşlaganimni bilaman – maktabni remontiga pul sörab keldingmi, kir uyga hozir pul söraşni körsataman, deb şunaqa qöpol haqoratlab ketdi. Yum-yum yiğlab qaytdim. Umrimda bunaqa haqorat eşitmaganman.
“Toki öqituvçining obrösi maksimal darajada oşirilmas ekan...”
Turkiyada istiqomat qiladigan vatandoşimiz Sitora Alixonzoda öz Facebook sahifasida bir paytlar öqituvçilik qilganini eslab, sohada işlaş uçun faqat diplomning özi yetarli emasligi haqida yozdi:
“Bizda eng qiyin, oğir, şunga qaramay, mehnati qadrsiz soha bu öqituvçilik ekanini bundan 19 yil oldin maktabda bir muddat işlagan paytlarim tuşunib yetganman. Öqituvçilik obröli, qiziqarli va havas qiladigan kasb ekanini esa Turkiyaga kelib, ayniqsa, öğlim maktabda öqiy boşlagaç bilganman. Menimça, bizda toki jamiyatimizda öqituvçining obrösi maksimal darajada oşirilmas ekan...
Va tokay öqituvçini işga olişda qölidagi diplomi yetarli bölib qolar ekan, maktablarimizdagi ahvol hali-beri özgarmasa kerak”.
Sitora Alixonzoda turk maktablari haqida ba’zi ma’lumotlarni sanab ötgan:
Turk maktablarida öquvçiga jismoniy va ruhiy şiddat qat’iyan taqiqlanadi va qattiq qoralanadi.
Bolalar erkinligi va haq-huquqi har tomonlama himoyalangan.
Turk maktablarida öqituvçi dars payti savol bersa, öquvçi örnidan turib javob berişi şart emas. Körsatkiç barmoğini kötarib, söz navbatini oladi va ötirgan joyidan javob beraveradi.
Hatto sinfga birov kelsa (öqituvçi, direktor kirganda ham) bolalar örnidan turişi talab qilinmaydi.
Va eng muhimi (tan oliş kerak): Turk öqituvçilarida pedagog etikasi kuçli şakllantirilgan. Bola psixologiyasi yaxşi singdirilgan, şu bois bu yerda öqituvçilar bola bilan döstlaşiş, uni tuşuniş, bolani yaxşilikka yönaltirib, yomonlikdan qaytarişni ajoyib tarzda uddalaşadi.
Turk maktablarida erkak öqituvçilar soni ham köpçilikni taşkil qiladi. Hatto boşlanğiç sinflarda erkak öqituvçilarni köplab uçratiş mumkin.
Turkiyada öqituvçilar maoşi 900 dollardan boşlanadi.