O‘zbekiston | 07:30 / 28.02.2024
16783
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ushlandi 

Turkiyaning Istanbul shahrida jinoyat qilganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ushlandi. 

Foto: Istanbul Bosh konsulxonasi

Bosh konsulxona xabariga ko‘ra, u Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan. 1979 yilda tug‘ilgan Z.F. giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga yoki Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘ralgan. Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid