Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda davlat raqam belgisini yashirib olgan haydovchi ushlandi
Yo‘llarda radar va kameradan yashirinmoqchi bo‘lgan haydovchi YPX xodimlariga duch keldi.
Foto: IIB YHXB axborot xizmati
1 mart kuni Namanganda xizmat qilayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan Mercedes-Benz rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, haydovchi transport vositasining Tojikiston davlat raqam belgisini to‘g‘ri aniqlanishiga xalaqit beruvchi qoplama surtib olgani ma’lum bo‘lgan.
Haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.
Ta’kidlanishicha, yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, davlat raqami belgilarini ko‘rinishini cheklaydigan, to‘g‘ri aniqlanishiga xalaqit beradigan har-xil buyumlar o‘rnatilgan va qoplamalar bilan to‘silgan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, transport vositasiga davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:21 / 09.05.2026
MJtK butkul qayta ko‘rib chiqiladi
18:30 / 21.04.2026
Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgani uchun mansabdor shaxs javobgarligi kuchaytiriladi
17:28 / 10.03.2026
Dorini retsepsiz berganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14:35 / 09.03.2026