Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Britaniya Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi
TIVda hamda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston bo‘yicha tashqi va ko‘p tomonlama aloqalar departamenti boshlig‘i Nikola Rigini boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Foto: Dunyo
«Dunyo» xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida tomonlar Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar. Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish va ushbu mamlakat iqtisodiyotini tiklashga ko‘maklashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Britaniya TIV vakillari Toshkent va Londonning Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish bo‘yicha umumiy qarashlari va yondashuvlari o‘xshash ekanligini ta’kidladi.
Tomonlar afg‘on masalalari bo‘yicha konstruktiv hamkorlikni davom ettirish va qo‘shni mamlakatdagi vaziyatni normallashtirish bo‘yicha xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
13:46 / 19.12.2025
Germaniya 535 nafar afg‘onistonlikni qabul qiladi
14:51 / 18.12.2025
Afg‘oniston yetakchi: O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlar soni keskin oshdi
09:31 / 15.12.2025
O‘zbekiston so‘zanasi Britaniya nashriyoti kitobida: yangi loyiha muhokama qilinyapti
21:23 / 04.12.2025