Barçasi 2007 yilda ommaga unça taniş bölmagan Jon Maluf (John Maloof) ism-şarifli köçmas mulk agenti Çikago şahrida ötkazilgan auksionda oddiy bir qoğoz qutini sotib olişidan boşlanadi.

Öşa paytda bu agentga Çikagodagi har binoning tarixi va qurilgan vaqti, uning eski suratlari qiziq edi. Çunki u binolar uzoq yillik va tarixiy ahamiyatga ega bölsa şunça yaxşi narxga baholanişini bilardi.

Şu sababli u yozuvçilardan biri bilan hamkorlikda Çikago şahri va undagi binolar tarixi haqida katalog-kitob tayyorlayotgandi. Agent kitobga kiritiş uçun şahar binolari tasvirlangan eski fotosuratlar qidirib yurgandi.

Kunlarning birida Maluf turli tarixiy buyumlar va fotosuratlar savdosi ötkazilgan auksionda qatnaşadi va u yerda içida eski fotosuratlari bölgan qoğoz qutini sotib oladi.

Maluf qutini oçib körganida uning içida töla oq-qora tasvirda kadrga tuşirilgan eski suratlar va plyonkalar borligini köradi. Suratlar agent uçun xazinaning özi edi. Qutilarning soni köp edi va Maluf auksion davomida ularning qariyb barçasini sotib oladi.

Şundan söng u suratlarni kadrga tuşirgan odam haqida ma’lumot töplay boşlaydi. Ma’lum bölişiça, suratlar 1950-yillar boşidan 1980 yillar boşigaça nafaqat Amerika, dunyoning köplab davlatlarida tuşirilgan bölib, ularni Vivian Mayyer ism-şarifli ayol kadrlarga olgani ma’lum böladi.

Vivan Mayyer közgular oldida turib özini ham suratga olgan
Foto: vivianmaier.blogspot.com

Vivian Mayyer kim edi?

Jon Maluf Vivian Mayyer haqidagi barça ma’lumotlarni izlab topadi va hayratdan yoqasini uşlaydi. Çunki u professional fotograf emas, oddiy enaga bölib çiqadi. Ayol suratlarni böş paytlarida turli şaharlar va xorijiy davlatlarga sayohat qilib yurganida tuşirgan ekan.

Vivian Mayyer 1926 yilda Nyu-Yorkda tuğilgan bölib, uning otasi avstriyalik, onasi esa fransiyalik muhojirlar bölişgan. Vivian bolaligida ota yurti Avstriya va ona yurti Fransiyaga bir neça martadan borgan u yerda ma’lum muddat yaşagan edi.

Ayolning bolaligi haqida ma’lumotlar juda kam. 1950 yilda Vivianning Fransiyadagi buvisi vafot etadi va u Yevropaga boradi. U yerda buvisi Vivian va uning onasiga öz fermasini meros qoldirgandi.