Madina Nurman:
— Fotograflik faoliyatim Özbekiston jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetiga öqişga kirganimdan söng taxminan 2014 yilda boşlangan. Faoliyatimni boşlaşga tasodif sabab bölgan. Fakultetimiz binosida joylaşgan xorijiy tillar portali bor edi, öşa yerda muxbir sifatida işlaşni boşlaganman. Işlab yurgan paytimda portal fotografi kasal bölib qoldi. Yapon tili tanloviga muxbir sifatida borişimiz kerak edi, şunda kamerani menga berişgan va suratga olib kelişimni aytişgan. Birinçi marta suratga olişim bölgani uçun hayajonlanganman va mas’uliyatni his qilganman. Öşa kuni menga yozişdan köra kamera bilan işlaş köproq yoqişini tuşunganman. Jurnalist sifatida qançalik işlaşga qiziqmay, fotograf sifatida lahzalarni tutib qoliş qiziqroq ekan, deb öylaganman.
Bizda fotograflikni qiz bola egallaydigan soha deb bilişmasdi. Şunaqa qaraş bor edi u paytlarda. Birinçi faoliyatimni boşlagan yillarda Senat yalpi majlislariga fotograf sifatida kirganimda, amaldorlar ham hayron qaraşardi qiz bola fotografga. Boşida qörquv bölgan, lekin odamlarning sizga bölgan işonçsizligi mas’uliyatni kamaytirar ekan va bu erkinroq işlaşga yordam beradi. Qiz bola fotograf böla oladimi, degan savol hozir meni öylantirmaydi. Biz öz işimiz bilan isbotlab berolsak, odamlarda savollar yöqoladi.
Töğrisini aytsam, tabiat manzaralari mening kuçli tomonim emas. Unçalik qiziqmayman ham. Fotograflarning ham turlari böladi. Men esa portretlar, ya’ni insonlarning qiyofalari, emotsiyalarini suratga olişga, insonlar xarakterini suratda körsatişga qiziqaman. Asosan hissiyotga berilgan çehralar meni jalb qiladi. Fotograf uçun hissiyotdan qimmatliroq narsa yöq, menimça.

Men qaysidir lahzani uşlab qoldim deb hisoblamayman. Nimani körsam, öşani suratga olaman. Bu jarayonni tasvirlab beriş qiyin. Tajriba bilan böladi deb öylayman bu narsalar.
Birinçi topgan pulimning yarmiga jamoat transportlari uçun karta olganman. Qolgan pulni nimaga işlatganimni bilmayman.
Köpçilik fotograflar katta pul topadi deb öylaşi mumkin. Bu sohani juda ham daromadli deb aytolmayman. Çunki çet elda bu borada raqobat bor. Bizda ham naşrlar örtasida fotogalereya raqobati bölsa, daromad köpaygan bölardi. Tadbirlardagi eng yaxşi çiqqan fotogalereya egasiga, deylik, fotokamera yutuq sifatida berilişi kerak.
Fikrimça, töy bu — ikki yoşning birgalikdagi hayotini boşlovçi dastlabki nuqta, xolos. Töylar juda tor doirada bölişi kerak deb öylayman.
Siyosiy yönalişdagi fotograflarda öz davlati rahbarini suratga oliş qiziqişi böladi deb öylayman. Menda ham bu qiziqiş bölgan. Daryo.uz saytining prezident huzuridagi tadbirlarga qatnaşiş imkoni tuğilgaç, şu orqali bu qiziqişlarim amalga oşgan. 2020 yil yanvarida Senatning yalpi majlisida birinçi marta davlat rahbarini suratga olganman. Qançalik köp diqqatni jamlaganim sari kerakli kadrlar ötib ketadi. Köplab tadbirlarda davlat rahbarini suratga olgan bölsam, yaxşi çiqmagan kunlar ham bölgan. Şunaqa paytlar juda siqilib, öylab yurganman köp marta. Köpçilik öylaydiki, fotograf uçun ötgan tadbir unut böladi. Lekin men har doim özimga özim hisob beraman.
Bu sohaga kirib kelayotgan qizlarga maslahatim: birinçi navbatda özlariga «Ertaga ham davom ettira olamanmi? Orzu va rejalarimga xiyonat qilmaymanmi?» degan savollarni berişi kerak. Agar şu savollarga javob berolsa, qiyin bölmaydi.
Dilruh Isomiddinova:
— Fotojurnalistika sohasiga kirib kelganimga köp bölmadi. Taxminan ikki yil böldi – 2020 yilda qiziqiş boşlangan edi. Çuqurroq kirib kelişim, kelajagimni şu bilan boğlaşim 2021 yilda bölgan. Ustozim – Husniddin Ato. U kişi bizga fotojurnalistika fanidan darsga kirganda, mendagi qobiliyatni sezib, şu sohaga yönaltirgan. Özimning rejalarimda bu yöq edi.
Ijobiy ma’noda taajjublanib qaragan odamlar ham bölgan, ya’ni havas bilan qaraşgan. Bunday qaraşlar özimni yuksaltirişimga sabab bölgan. Hozir ham boşqaça qaraydi kişilar. Men özi siyosiy fotografiyaga qiziqmayman, menga oddiy odamlarning hayoti, nigohlari qiziqroq. Lekin siyosiy tadbirlarda e’tibor beraman: siyosatçilar boşqa fotograflarga nisbatan qiz bola fotograflarga çiroyliroq turib berişadi.

Odamlarning közi, qöl harakatlarini suratga olişga qiziqaman. Metroda ketayotgan paytim insonlarning qöllariga e’tibor beraman.
Fotojurnalistikada topgan ilk daromadim oylik maoşim bölgan. Kundalik ehtiyojlarimga sarflaganman. Ikki million edi.
Hozir juda köp deyolmayman, 4-5 mln atrofida.
Haşamatli töyni xohlamayman. Sarpoga ham qarşiman.
Atrofdagilarning gap-söziga e’tibor bermaslikni; juft tanlaşda köp öylab, sinab qaror qabul qilişlarini maslahat berardim.
Madina A’zam:
— Maktab davrida telefonimga özim yoqtirgan körinişlarni suratga olardim. Deylik, qişloğim, dalalar, onam, örtoqlarim... Şunçaki özimga yoqqani uçun suratga olardim va saqlab qöyardim. Lekin fotojurnalistika bilan şuğullaniş haqida öy bölmagan u vaqtlarda. Universitetga kirgaç, birinçi bosqiçda öqiyotgan paytim suratlarimni saqlaş uçun Telegram'da kanal oçdim va olgan suratlarimni joylay boşladim. Keyinroq kursdoşlarim yaxşi suratlar olayotganimni ayta boşlaşdi. Ijobiy fikrlardan ruhlandim. Ikkinçi bosqiçda öqiyotganimda ustozimiz Husniddin Ato fotojurnalistikadan dars ötişni boşladi va bu soha böyiça köp saboqlarni örgandim.
Andijonga, qişloğimga borganimda «Qişloqdagi qiş» mavzusida fotohikoya tayyorlaş topşiriği berilgan edi. Tayyorlagan fotohikoyamni Gazeta.uz saytiga berdik, şundan söng saytdagilar men bilan işlaşni taklif qilişdi.
Fotograf qizlarga heç kim taqiq qöymagan va odamlar nigohi meni qörqitmagan.

Siyosiy fotografiya meni qiziqtirmaydi, çunki bunday s’yomkalarda zavq ololmayman. Köproq bolalarni suratga oliş yoqadi, çunki bolalarning harakati, emotsiyasi, mimikalari takrorlanmas böladi. Ayni şu lahzalarni suratga muhrlab qolişni yaxşi köraman.
«Eh, ötib ketib qoldi...» degan vaziyatlarim köp böladi. Yonimda fotokamera bölmagan paytda yaxşi kadrlar körib qolmay, deb yuraman. Lekin doim kuzatib yuraman.
Birinçi gonorarimni fotohikoyam uçun olganman. Qança ekanini oçiq aytolmayman.
Sohadagi kamçiliklarim hali tajribam yetişmasligidan. Ba’zida şoşib lahzani tutişga urinaman, lekin tasvir qop-qora böladi — kamera qopqoğini olmagan bölaman.
Agar fotojurnalistikaga jiddiy qiziqişi bölsa, har qanday stereotip va komplekslarni yengişga kuç topsin. Agar bunga qarşi boradigan insonlar bölsa, öz maqsadlari va erki uçun özlari kuraşişlarini istayman.
Xolida Musulmon:
— Fotojurnalistikadagi muntazam faoliyatimni 2022 yildan boşlaganman. Men özi heç qaçon çiroyli suratga olmaganman. Bu sohaga qiziqiş ikkinçi bosqiçlik vaqtimda fotojurnalistika fani ötilgan paytda paydo bölgan. U paytda «Ma’rifat» gazetasida iş boşlagan edim. Ustozimiz Husniddin Atoni tanimasdim ham, darslaridan qoçib yurardim. Ustoz darsga qatnaşmagan talabalarga nisbatan qattiqqöllik qilar ekan, keyin darslarga kira boşlaganman...
Xuşçaqçaq bölganim uçunmi, bilmadim, doim taajjubli nigohlar ostida bölganman.
Menga köproq, ta’bir joiz bölsa, hayotning «dazmollanmagan» joylarini suratga oliş yoqadi. Oddiy odamlarning hayot tarzi, özgarmagan körinişlarni, hamma biladigan, lekin kötarib çiqilmagan mavzulardagi suratlarni olişni istayman.

Şunçaki mö’tadil turgan holat emas, harakatdagi voqelikdan lahzalarni uşlab qoliş qiziqarli va maroqli. Rakursni töğri tanlaş — sizning sizligingizni körsatib beradigan nuqta.
Gazeta.uz sayti «Qişloqdagi qiş» mavzusidagi foto-essemga 150 ming gonorar bergan. U pullarni kosmetik mahsulotlar olişga işlatganman.
Yaqinlaring bilan, ortiqça taşvişdan yiroq töy bölişini istayman. Baxtli kunim sifatida töyimda raqs tuşişni xohlayman.
Onamni köp suratga olganman. Ijtimoiy tarmoqlarda ança maşhur, özlari bilmasalar ham. Onam suratlarimning yuragi. Katta yutuqlarga erişgan paytimda onam mendan faxrlanib turganda, birga suratga tuşişni xohlayman. Onamni olgan har qanday holatdagi suratlarim men uçun juda qadrli.
Şu sohada özlarini körayotgan bölsa, özlariga ustoz topib, izlanib, moddiy tomondan ham ta’minlana oladigan darajada kuraşa olişlarini maslahat bergan bölardim. Çunki fotojurnalistika oddiy soha emas, ança-munça kuç sarflab, keyin özingiz lazzat oladigan soha.
Marjona Xidirova:
— Bu sohaga 2020 yilda kirib kelganman. Birinçi marta operatorlikni ustozim Husniddin Ato örgatgan. Birinçi qadamim şunda bölgan. Ungaça qiziqişim bor edi, lekin menga bir turtki kerak edi.
«Navröz» boğida DalaHast guruhining konserti bölgan va men öşa konsertni tasvirga olişim kerak edi. Özim kutganimdan ança yaxşi çiqqan işim, şundan söng men bundan ruhlandim va sohaga kirib boraverdim.
Örganib ketganman hozir. Boşida tadbirlarda faqat öğil bola operatorlar orasida işlaş biroz xijolatli bölgan. Hozir islomiy töylarga qiz bola operator çaqirişadi, men ham boraman.
Fotografiyada eng yoqadigan yönaliş — siluet. Bu yönalişdagi suratlar quyoş botiş payti olinadi. Bunda keçiktirib bölmaydi, öşa vaqtning özida oliş kerak suratlarni.

Ma’lum joyda turgan obektni har doim ham çiroyli suratga olişingiz mumkin, çunki u turadi har kuni. Lekin harakatdagi narsalarni, odamlarni suratga olsangiz, lahzani tutiş böladi. Bu narsani hayotingizda ikkinçi marta suratga ololmaysiz.
Effekt.uz saytidan 500 ming berişgan birinçi işimga. Yölkiraga sarflaganman.
400 dollardan 800 dollargaça topaman.
Boğda yoki dengiz böyida, asosan yoşlardan iborat töy bölişini istayman. Dabdaba kerak emas, kam kişili. Sep qiliş niyatim ham yöq.
Öqişga kirganimdan söng bir neça yil ötib, Samarqanddagi Hazrati Dovud ziyoratgohiga bordim. Öşa yerda döppilarni körib, xotiralarim uyğondi... Şundan söng doim döppi kiyib yuraman deb niyat qildim. Viloyatlarga iş bilan borsam ham, esdalik uçun döppi olişga harakat qilaman. Öz imijim sifatida ham döppini tanlaganman. Umuman, milliy kiyimlarimizni juda yaxşi köraman.
Boşida öxşamasligi mumkin, lekin töxtamang, degan bölardim.










