Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
100 mingdan ziyod yuqori sinf o‘qituvchisining malakasi yangi metodikalar bo‘yicha oshiriladi
Joriy yil yakuniga qadar 100 mingdan ziyod yuqori sinf o‘qituvchilarining malakasi yangi metodikalar bo‘yicha oshiriladi.
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bo‘lim boshlig‘i Shavkat Xo‘jaqulov ma’lum qilishicha, markaz tashabbusi bilan joriy yilning yanvar oyidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun metodik marafonlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
4-10 yanvar kunlari o‘tkazilgan dastlabki marafonda hududlardan jami 15 000 nafarga yaqin pedagog ishtirok etdi.
Marafon davomida markaz mutaxassislari va trener o‘qituvchilar tomonidan matematik, tabiiy-ilmiy, o‘qish savodxonligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 30 tadan ortiq vebinar o‘tib berildi.
Shu jumladan, bu kabi marafonlar 26 yanvar kuni qoraqalpog‘istonlik o‘qituvchilar uchun qoraqalpoq tilida ham tashkil etildi.
Navbatdagi metodik marafonlar bahorgi ta’til vaqtlarida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
13:39 / 05.08.2025
O‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan Andijondagi maktab direktori 41 mln so‘m jarimaga tortildi
23:42 / 04.08.2025
Andijonda o‘qituvchilar ta’mirlagan maktabning direktori ishdan bo‘shatildi
09:54 / 03.08.2025
Andijonda o‘qituvchilar maktabni ta’mirlashga chiqarildi
22:40 / 26.07.2025