Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya prezidenti Shvetsiyaning NATO a’zoligini ratifikatsiya qiluvchi qonunni imzoladi
Endi Shvetsiya qolgan rasmiy tartib-qoidalarni bajarib bo‘lgach, rasman NATO a’zosi bo‘ladi, bu ko‘p vaqt talab qilmaydi.
Vengriya prezidenti Tamash Shuyok Shvetsiyaning NATO a’zosi bo‘lishi haqidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Bu Shuyokning davlat rahbari sifatidagi birinchi qarori. Vengriya parlamenti 26 fevral kuni Shvetsiyaning NATO a’zosi bo‘lishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilgan edi. Shu kuni deputatlar Shuyokni prezident sifatida sayladilar.
Vengriya Shvetsiyaning alyansga kirishini ratifikatsiya qilmagan oxirgi NATO davlati edi. Endi Shvetsiya qolgan rasmiy tartib-qoidalarni bajarib bo‘lgach, rasman NATO a’zosi bo‘ladi, bu ko‘p vaqt talab qilmaydi.
Shvetsiya 2022 yil may oyida, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan ko‘p o‘tmay, NATO a’zosi bo‘lish uchun ariza berdi. Bungacha mamlakat taxminan 200 yil davomida betaraflikka amal qilgan.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026