Ta’lim tizimidagi sifat samaradorligining asosiy körsatkiçlari öquv darsliklarining sifati, öqituvçilar bilan ta’minlanganlik darajasi, ularning malakasi, maktablar infratuzilmasi va ota-onalarning farzandi ta’limidagi iştiroki bilan boğliq. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti yozmoqda. Institut omillar kesimida öz tahlillarini e’lon qildi.
Maktablar infratuzilmasi
2022-2023 öquv yiliga kelib Özbekistondagi maktablar soni 10 522 taga yetgan. Ularning 62,5 foizi, ya’ni 6 571 tasi qişloqlarda joylaşgan. Hozirga kelib öquvçilar soni 6 461 741 nafarni taşkil etadi, ularning 0,71 foizi xususiy maktablarda.
Ma’lumotlarga köra, hozirgi maktablar 5 283 916 nafar öquvçi uçun möljallangan, ya’ni bitta öringa 1,2 nafar öquvçi töğri keladi. Buning oqibatida respublikadagi umumta’lim maktablarining 0,1 foizi (13 ta) uçta smenada va 73,1 foizi (7 521 ta) ikkita smenada işlaydi. Ikkinçi va uçinçi smenada öqiydigan öquvçilar soni 2,1 milliondan oşiq bölib, jami öquvçilarning 33 foizini taşkil etadi.
Umumta’lim maktablarining 35,8 foizida oşxona yoki bufet, 5 foizida kutubxona, 21 foizida sport zali yöq. Maktablarning bor-yöği 30 foizi kanalizatsiyaga ega, qolganida mavjud emas. Respublikadagi 15,9 foiz, 1 658 ta ta’lim muassasasi kapital ta’mirga muhtoj, ularning 63 foizi qişloq hududlarida joylaşgan.
Örganişlarga köra, Buxoro viloyatidan taşqari barça hududlarda ta’mirlaşga muhtoj maktablar mavjud. Bu maktablarning katta qismi Toşkent (219 ta), Surxondaryo (209 ta) va Qaşqadaryo (204 ta) viloyatlarida joylaşgan.
Maktablarning 4,3 foizi, 451 tasi avariya holatida, ularning ham katta qismi, ya’ni 60,7 foizi qişloq joylariga töğri keladi. Kompyuterlarning 71,6 foizi internet tarmoğiga ulangan, 28,4 foizi esa ulanmagan, qişloq joylarda esa 69,4 foizi ulangan, 30,6 foizida yöq.
Öqituvçilar bilan ta’minlaniş darajasi
MHTIning yozişiça, 2022-2023 öquv yilida öqituvçilar soni örindoşlarsiz 521 ming nafardan oşgan, öquvçilar soni esa deyarli 6,5 million nafarni taşkil etgan. Institutga köra, bundan kelib çiqilsa, har bir öqituvçiga 12,4 nafar öquvçi töğri keladi.
2018-2022 yillar oraliğida davr boşiga nisbatan respublikada sinflar soni 10,5 foizga va öqituvçilar soni 15,1 foizga ösgan. Toşkent şahridan taşqari barça hududlarda öqituvçilar sonining ösişi sinflar sonidagi ösişdan yuqori bölgan. Bu esa öz navbatida Toşkent şahridagi öqituvçilarga yuklamaning oşişiga olib keladi.








