Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi tog‘oldi hududda sayyohlik majmuasi qurilishi kutilmoqda
Misrlik sarmoyador O‘zbekistonda sayyohlik majmuasini barpo etish loyihasida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda.
Foto: «Dunyo» AA
O‘zbekiston elchixonasida Arab Nihol Investors qo‘shma korxonasi ta’sischisi, misrlik yirik tadbirkor Ahmad Zeydan bilan muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Uchrashuvda Samarqand viloyati Urgut tumanining tog‘oldi hududida sayyohlik majmuasini barpo etish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Misrlik sarmoyador mazkur loyihada ishtirok etishga qiziqish bildirdi. Tomonlar loyiha bilan bog‘liq masalalar va xorijiy investorning takliflari xususida fikr almashdi.
Sayyohlik majmuasini uch bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda sim yo‘li quriladi. Shundan so‘ng 100 o‘rinli zamonaviy mehmonxona barpo etiladi. So‘nggi bosqichda esa 100 o‘rinli sanatoriy qurilishi mo‘ljallanmoqda. Majmua to‘liq ishga tushgach 500 ta yangi doimiy ish o‘rni yaratiladi.
Mavzuga oid
12:00 / 04.12.2025
Samarqanddan Urgutga poyezd harakatlanmoqda - bu iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?
14:26 / 29.11.2025
Toshkent va Samarqand fuqarolik obektlari qurilishi bo‘yicha yetakchi hududlar bo‘ldi
18:31 / 26.11.2025
Samarqand viloyatida volfram majmuasi quriladi
18:39 / 25.11.2025