7 mart kuni Şvetsiya boş vaziri Ulf Kristersson va mamlakat TIV rahbari Tobias Billstryom Vaşingtondagi yiğilişda ratifikatsiya qilingan hujjatlarni AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinkenga topşirdi, şundan keyin uşbu mamlakatning alyansga qöşilişi böyiça sönggi ikki yillikda olib borilgan jarayon yakuniga yetdi.

AQŞ Davlat departamenti xabariga köra, Şvetsiyaning NATO a’zoligiga qabul qilingani haqidagi protokol kuçga kirdi. 

«Yaxşi narsalar uni kutganlarga keladi», — degan Blinken hujjatlarni qabul qilib olar ekan.

Şvetsiya harbiy ittifoqqa qöşilgan 32-davlat böldi. 11 mart kuni uşbu mamlakat bayroği alyansning Bryusseldagi ştab-kvartirasi oldida kötarilişi kutilmoqda. 

Şvetsiya alyansga qabul qilingandan söng, Rossiya uçun muhim neft savdo yöllari ötadigan va Rossiyaning Boltiq floti joylaşgan Boltiq dengizi amalda NATO içki dengiziga aylandi, deb yozgan Financial Times. 

«Bu tarixiy kun. Endi Şvetsiya NATO muzokaralar stolining alyans siyosati va qarorlarini şakllantirişda teng ovozga ega bölgan munosib örnini egallaydi», — deyiladi NATO boş kotibi Yyens Stoltenbergning bayonotida.

Şvetsiya ötgan yilning aprelida NATOga a’zo bölgan Finlandiya kabi Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli bosqinidan keyin neytralitetdan voz keçiş hamda alyansga kirişga qaror qilgandi. 

Ikki mamlakat ham bir vaqtda ariza bergandi, ammo Şvetsiyaning a’zoligi NATOning boşqa ikki a’zosi — Turkiya va Vengriyaning pozitsiyasi tufayli keçikdi.

Vengriya parlamenti Şvetsiyaning qöşilişini 26 fevral kuni ma’qulladi, şu haftada esa mamlakatning yangi prezidenti Tamaş Şuyok uni imzoladi. Turkiya yanvar oyi oxirida rozilik bergandi.

«Şvetsiya — bizning qadriyatlarimiz va dunyoqaraşimiz muştarak bölgan, yuqori samarali qurolli kuçlarga ega bölgan kuçli demokratiyadir. Şvetsiyaning qabul qilinişini AQŞ va ittifoqçilarimiz himoyasini yanada kuçaytiradi», — degandi Oq uy fevral oyi oxirida ariza Vengriya parlamenti tomonidan ma’qullanişiga munosabat bildirib.