11:01 / 09.03.2024
98554

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

«O‘zgidromet» 11-13 mart kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 12-13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 martda -3...+2 daraja, 13 martda -0...-5 daraja, kunduzi 11 martda +8...+13 daraja, 12-13 martda +6...+11 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 12-13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 11 martda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +13...+18 daraja, 12-13 martda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +7...+13 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi 11 martda +13...+18 daraja, 12-13 martda +8...+13 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 martda +5...+10 daraja, 13 martda +3...+8 daraja, kunduzi 11 martda +13...+18 daraja, 12-13 martda +9...+14 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 va 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11 va 13 martda +2...+7 daraja, 12 martda +5...+10 daraja, kunduzi 11 martda +11...+16 daraja, 12-13 martda +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, , 11-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chish xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 martda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 12 martda kechasi va kunduzi +0...+5 daraja, 13 martda kechasi va kunduzi -0...-5 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top