Ramazon oyida musulmonlar tongdan to quyoş botgunça röza tutişadi, ya’ni ular ovqatlanişdan taşqari, har qanday zararli odatlar, yomonliklardan özlarini çeklaşlari kerak böladi. Quyoş botgaç esa kunlik röza tugab, oğiz oçiladi va musulmonlar bir dasturxon atrofida taomlanişadi. Bu vaqtda eng muhimi töğri ovqatlanişni yölga qöyiş va ba’zi qoidalarga amal qilişdir. Kun.uz JSST qayd etgan tavsiyalarni töpladi.

Yetarli miqdorda suv içing

Butun tananing katta qismi suvdan iboratligi inobatga olinsa, röza kunlari yetarli miqdorda suv içiş va köproq suvdan iborat mahsulot hamda taomlarni iste’mol qilgan ma’qul. Oğiz yopar va oçar vaqtda kamida 10 stakan suv içiş, dasturxonda asosiy qismi suvdan iborat mahsulotlar, taomlar, misol uçun, şörvali ovqatlar, tarvuz va kökatlardan iborat yaşil salatlar bölişi tavsiya qilinadi. Bu butun kun davomida çanqoqni his qilmaslik uçun muhim.

Soğlom ovqatlaning

Soğlom va muvozanatli iftorlik orqali kunlik energiya darajasini balansda saqlaş mumkin. Tez çarçab qolmaslik uçun röyxatingizga faqat yengil, vitamin, minerallarga boy, foydali uglevod, oqsillarga boy taomlarni kiriting. Qovurilgan, yoğli, qayta işlangan, tuz, şakari haddan taşqari köp bölgan ovqatlardan tiyiling. Bu sabab ortiqça vazn olişingiz, xavf guruhiga kirgan insonlar (qon bosimi, qandli diabeti bor) esa hayotini yana bir bor riskka qöyişlari mumkin.

Quyidagiça körinişda taomlaniş maslahat beriladi:

1. Rözani oçiş uçun uçta xurmo yeng. Xurmo kletçatka, oqsil hamda uglevodga, qolaversa, antioksidantga boy mevadir.

2. Taomlaringiz içida buğlab yoki qaynatib pişirilgan sabzavotlar ham bölsin. Ular orqali organizmni vitamin bilan ta’minlaydi.

3. Donli va dukkakli mahsulotlardan iborat taomlar tayyorlang, iste’mol qiling. U tanani energiya bilan boyitadi.

4. Foydali oqsillardan iborat göşt va göşt mahsulotlarini qaynatib yoki buğlab tanovul qiling.

Şuningdek, bu röyxatga sut va sut mahsulotlari, mevalarni ham kiritişingiz mumkin.

Ovqatni tayyorlayotganda, iloji boriça tuzdan foydalanişni çeklaş va, albatta, tuz va şakarni stoldan olib taşlaş tavsiya etiladi. Pişirilgan taomlarning ta’mini yaxşilaş uçun turli xil ziravordan foydalaning.