Marğilon şahrining Yovqoçar mahallasida Yovqoçar bozori bor. E’tiborli tomoni bozor faqat muqaddas Ramazon oyida faoliyat yuritadi. Mahalliy aholi iftorlik uçun taomlar tayyorlab, bozorga olib çiqib sotadi. Bozor peşindan to iftorlik paytigaça qizigandan qiziydi.

Bozordan Ramazon taomlaridan tortib, salqin içimlig-u, göştli non, somsa-yu, yopgan non, kalla-poça – barça taomlarni topişingiz mumkin.

Aytişlariça, Ramazon bozori bir neça yillardan beri faoliyat yuritib keladi.

Köpçilik aynan şu bozorga örgangan. Uzoq masofa bosib bölsa ham atay bozorga tuşib, iftorlik uçun yegulik xarid qilib ketişadi.

Yovqoçar bozorining fayzi, gaşti boşqaça.

Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Operator va montajçi – Sardor Mamirov.