Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat raisi BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasi sessiyasida ishtirok etmoqda
Sessiya qashshoqlikni bartaraf etish, institutlar salohiyati va moliyalashtirishni kuchaytirish orqali gender tenglikka erishish va barcha xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlanadi.
Foto: senat.uz
Oliy Majlis Senati raisi, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-York shahrida BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining 68-sessiyasida ishtirok etmoqda.
Komissiya BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining ishchi organi bo‘lib, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va ilgari surish bo‘yicha xalqaro standartlarni hamda ularning bajarilishi yuzasidan takliflarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Ikki hafta davom etadigan tadbirda BMT va fuqarolik jamiyati vakillari Pekin deklaratsiyasining amalga oshirilishini muhokama qiladilar.
Sessiya qashshoqlikni bartaraf etish, institutlar salohiyati va moliyalashtirishni kuchaytirish orqali gender tenglikka erishish va barcha xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlanadi.
Tashrif doirasida, shuningdek, BMT tuzilmalari rahbarlari, qator davlatlarning prezidentlari, hukumat rahbarlari va vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:24 / 03.12.2025
Tanzila Norboyeva Budapeshtda Vengriya prezidenti va Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashdi
19:12 / 24.11.2025
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
19:25 / 14.11.2025
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo Assambleya majlisida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:03 / 05.11.2025