Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada gaz portlashi oqibatida uch hindistonlik jarohatlandi
Farg‘ona shahridagi yashash xonadonida gaz portlashi sodir bo‘ldi, oqibatda hindistonlik talabalar jarohatlandi.
11 mart kuni Farg‘ona shahridagi yashash xonadonida gaz portladi, oqibatda uch nafar Hindiston fuqarosi jarohat oldi.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, ular turli darajadagi termik kuyishlar olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Ikki nafari, 2001 yil va bir nafari 2003 yilda tug‘ilgan jabrlanuvchilar Farg‘ona tibbiyot institutida o‘qib, Sharq ko‘chasidagi hovlida ijara asosida yashayotgan bo‘lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
18:20 / 23.06.2026