Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan yashirin sex fosh etildi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan yashirin ohak sexi fosh etildi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, departamentning Paxtachi tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “Jahonobod” MFY hududidagi xonadonda yashovchi J.Sh. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin ohak ishlab chiqarish sexi tashkil etib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulangan holda 2,7 mln metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
16:36 / 29.05.2026