Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.
Foto: Dunyo
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar BMT bosh kotibi Antonio Guterrishning bir qator muhim davlatlar va tashkilotlarning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari bilan Doha shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni muhokama qildilar.
Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish masalasi bo‘yicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Tomonlar afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini davom ettirish va bu boradagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligini ma’qulladi.
Turkiya elchisi O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yaxlit mintaqaviy yondashuvni ishlab chiqish va ushbu mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Mavzuga oid
18:25 / 25.05.2026
Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi
21:29 / 21.05.2026
Yevropa “Tolibon”dan nima xohlayapti?
14:30 / 17.05.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi
18:32 / 15.05.2026