Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya 227 AQSh fuqarosining mamlakatga kirishini taqiqladi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh ma’muriyati vakillari, tadbirkorlar, professorlar va jurnalistlarni qora ro‘yxatga kiritdi. Unda hammasi bo‘lib 2 mingdan ortiq amerikaliklar bor.
Prezidentlik saylovlari boshlanishidan bir kun oldin Rossiya Federatsiyasi 227 AQSh fuqarosini «Rossiyaga qarshi faoliyatda» ayblab, o‘z hududiga kirishini taqiqladi. Bu haqda 14 mart, payshanba kuni Moskvadagi Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Qora ro‘yxatga kiritilgan amerikaliklar Vashingtonning Rossiyaga nisbatan siyosatini «ishlab chiqish, amalga oshirish va oqlashda ishtirok etishadi», deb ta’kidlamoqda Rossiya vazirligi. Xabarda, shuningdek, gap AQShning Rossiya fuqarolariga nisbatan «doimiy ravishda kengayib borayotgan sanksiyalariga javob» haqida ketayotganiga ishora qilinadi.
Siyosatchilar, biznesmenlar, professorlar va jurnalistlar
Rossiya TIV saytida e’lon qilingan ro‘yxatga AQSh ma’muriyati, ishbilarmon doiralar, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, o‘nlab professor-o‘qituvchilar va tadqiqot markazlarining xodimlari kiritilgan. Boshqalar qatorida AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller, savdo, mudofaa, energetika va moliya kotiblarining o‘rinbosarlari, ko‘plab olimlar, The Washington Post va The New York Times gazetalarining jurnalistlari bor.
Hammasi bo‘lib 2 mingdan ortiq AQSh fuqarolari Rossiya qora ro‘yxatida. Shu tariqa, Rossiya Federatsiyasi AQShning Rossiya fuqarolari, kompaniyalari va muassasalariga qarshi sanksiyalariga javob beryapti.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026