Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elchixona Hindistonda tazyiqqa uchragan xorijlik yoshlar orasida o‘zbekistonlik talaba borligi haqidagi ma’lumotni rad etdi
Bugungi kunda Hindistonning Gujarat universitetida o‘zbekistonlik yoshlar tahsil olmayotgani aniqlandi.
O‘zbekiston va xorijiy OAV hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda Hindistonning Gujarat universitetida ta’lim olayotgan xorijlik yoshlar mahalliy noma’lum guruh a’zolari tomonidan tazyiqqa uchragani va ular orasida o‘zbekistonlik talaba ham borligi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Mamlakatning Dehlidagi elchixonasi konsullik bo‘limi ushbu voqea yuzasidan tezkor surishtiruv ishlarini amalga oshirdi.
Diplomatiya missiyasining konsullik hisobida Gujarat universitetida o‘qiyotgan O‘zbekiston vakillari yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, Hindistondagi o‘zbek talabalari hamjamiyati a’zolari yuqorida nomi keltirilgan oliy bilim yurtida mamlakat vakillari borligini tasdiqlamadi.
Hindistonning rasmiy idoralari bilan olib borilgan muloqotlar doirasida ham Gujarat universitetida o‘zbekistonlik yoshlar tahsil olmasligi aniqlandi.
Mamlakatning Dehlidagi elchixonasi ushbu voqeani o‘rganish munosabati bilan Hindistonda ta’lim olish yoki boshqa maqsadlar bilan uzoq muddat davomida bo‘lib turgan vatandoshlarimizga ularning diplomatiya missiyasida konsullik hisobiga turishi zarurligini qat’iyat bilan yana bir bor eslatib o‘tadi.
Bu esa turli kutilmagan noxush hollarga tushib qolgan fuqarolarimizga tezkor va samarali konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun imkoniyat yaratadi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026