«Sohadagi muammolar prezidentga çiqmaguniça yeçilmayapti» - meva-sabzavotçilik mutaxassislari bilan suhbat
|14:50 / 23.03.202420 79316 min
Bir gektar yerdan foyda oliş darajasi Özbekistonda 300 dollar, Turkiyada esa 6000 dollardan oşadi. Yerdan kam hosil olinayotgani bois tannarx oşib bormoqda va natijada Afğoniston bozorini nisbatan arzonroq bölgan Hindiston mahsuloti egallamoqda. Mahalliy mas’ul idoralar eksportga çiqarilayotgan mahsulotlarni tegişli hujjatlarini xalqaro standartlarga mos tarzda rasmiylaştirişni bilişmaydi. Bu esa minglab dollar turadigan tovarlarni u eksport qilingan davlatda qabul qilinmay, utilizatsiya qilinişiga sabab bölmoqda. Kun.uz soha mutaxassislari bilan meva-sabzavot eksportidagi yangilik va yeçimini kutayotgan muammolar haqida suhbatlaşdi.
Istaymizmi, yöqmi, Özbekiston – agrar mamlakat. Ya’ni iqtisodiy turiş-turmuşimizda hali ham yerda unadigan mahsulotlarning uluşi katta. Şu bilan birga qişloq xöjaligimiz potensiali töliq yuzaga çiqişidan aaança yiroqdamiz. Nega? Çunki...
Çunki “potensial” sözi “islohot” sözi bilan – bir-biridan ajralmas egiz aka-ukalar: töğri islohotlar natijasida har qanday sohaning potensiali yuzaga çiqadi. Özbekiston öz qişloq xöjaligini oxirgi yillarda isloh qiliş yölidan boryapti: dehqonlarga qiyinçilik bilan bölsa-da erkinlik beriş yölidan boryapti. Natijada bu mahsulot eksporti oşişiga olib kelyapti. Natijalar haqida soha vakillari va mutaxassislardan söraymiz.
— Oxirgi paytda Özbekistonda yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiliş mavzusi e’tibor markazida. Özi Özbekistonning potensiali qança?
Yorqinjon Malikov, Eksportçilar uyuşmasi raisi: — Eksport qilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarimizga raqamlarda qarasak, 1 mln 900 ming tonna mahsulot eksport qildik. Endi buni summaga çaqsak 1 milliard 200 million. Biz qayta işlaganimiz uçun, boşqa ahamiyat bermagan tomonlarimiz bölgani uçun faqatgina şunday yetiştirgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini sotyapmiz. Yanglişmasam, Özbekiston 1 gektardan foyda oliş darajasi 300 dollar deb körgan edim. Turkiyaniki 6000 dollardan 8000 dollargaça edi. 20 barobar farq bor. Qişloq xöjaligi vazirligi hisob-kitobiga köra, hozirgi holatdagi yerlardan foydalansak, örtaça 5 mlrd dollarga yetkazişimiz mumkin ekan eksportni.
— Qişloq xöjaligi mahsulotlari eksporti borasida qanday özgarişlar böldi?
Alişer Şermatov, tadbirkor: — Kelib tuşgan valutaning 50 foizini davlat kursida sotib, 50 foizini özimizda olib qolişga imkonimiz bor edi, konvertatsiya yopiq edi. Bugun uzoqroq davlatlarga mahsulot yuborişdagi transport xarajatlarining 50 foizi davlat tomonidan qoplanyapti.
Mavzuga oid
Yorqinjon Malikov: — 2017 yildan keyin konvertatsiyaga ruxsat berilgaç, juda tez özgariş böldi. Qişloq xöjaligida eksport bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar juda kam edi, hozirgi holatda esa bunday eksport qiluvçilar 2400 tani taşkil qilyapti. Umumiy eksportni olsak, 7 mingta faol eksportyor bor. 2016 yillarda eksportimiz 10 mlrdga ham bormasdi, 2023 yilda esa 24 mlrd dollar böldi. Eksport qiluvçi davlatlarimiz ham ortgan, 160 ta davlatga eksportimiz bor. Ilgari faqatgina ayrim yuqori organlarda işlovçi şaxslarga tegişli kompaniyalar eksport qilardi, bugun esa bunday emas, barçaga ham yöl oçiq.
Alişer Şermatov: — 2 kun oldingi yiğilişda davlat rahbarimiz aytdiki, kompensatsiya qilinadigan 50 foiz transport xarajatlari 70 foizga kötarildi. Bundan taşqari, port xizmati xarajatlari ham 70 foiz kompensatsiya böladigan bölyapti.
Baxtiyor Beknazarov, tadbirkor: — Oldin içki bozorda işlardik, eksport nimaligini bilmasdik. Hozir Angliyaga har oy bir fura nöxat eksport qilamiz.
Yorqinjon Malikov: — Köpçilik eksportyorlar bilmaydigan narsa ham bor: agar eksportçi mahsulot Özbekistonga kelganini reklama qilsa OAVda, davlat 20 ming dollargaça tölab beradi bir yilda. Reklama şartnomalarini, boşqa hujjatlarini taqdim etişsa, bir oy içida kompensatsiya qilib beradi. Sertifikatlaş laboratoriya xarajatlari uçun ham 10 ming dollargaça, yuborilgan namuna sarf-xarajatlari uçun ham 2 ming dollargaça tölab beradi.
Bundan taşqari, eksportçilar va öşa davlatdagi elçixonalarimiz örtasida aloqa ta’minlanyapti, bu böyiça Taşqi işlar vazirligida mas’ul xodim bor, Eksportçilar uyuşmasiga biriktirilgan. Davlatlardagi talablarni örganyapmiz elçixonalarimiz bilan birga. Uyuşma örtada turib, yengilliklarni yetkazib turadi, talab-takliflarni yetkazadi. Yaqinda davlat rahbarimiz yana qanday yengillik bölişini söraganda, daryo-dengiz orqali boruvçi yuklar uçun ham kompensatsiya berilişini taklif etdik. Hozirgi geosiyosiy vaziyatda transport, yöl xarajatlari oşib boryapti, şu sabab endi 70 foizlik kompensatsiya bölişini söradik. Bu esa eksport oşişi, eksport qilinadigan davlatlar köpayişiga olib keladi.
Alişer Şermatov: — Afğoniston va Pokiston orqali koridor oçilgani bizga juda qöl kelyapti, yuk maşinalarimiz 7 kunda Hindistonga yetib boryapti.
— Eksport sohasiga karantin agentligi ham asosiy mas’ullardan ekani qayd etilgan, bunga munosabatingiz? Raqamlarda rejalar qöyildimi eksport böyiça?
Yorqinjon Malikov: — 2024 yil 18 yanvar davlat rahbari boşçiligida yiğiliş böldi. Eksport sohasini körib çiqib, tizimni özgartiriş, sohaga mas’ul kerak, dedilar va Karantin agentligini bunga boş qilib qöydilar. Özi eksportdagi muammolarni Investitsiya vazirligi hal qilişi kerak edi, ammo sarsongarçilik köp bölardi. Karantin agentligi boş bölganiga ijobiy qaraymiz, çunki doimiy birga işlaş kerak bölgan taşkilot, endi şu boş böldi.
Raqamlarga töxtalsak. 2023 yilda qişloq xöjaligi mahsulotlari 1 mln 900 ming tonna eksport bölgan bölsa, buni mutlaq oşiriş belgilab berildi. Qişloq xöjaligi va qandolat mahsulotlari umumiy 3,5 mlrd dollarlik eksport qilinişi belgilandi.
— Ba’zi hollarda reja qöyilganda ma’muriy aralaşuv, qöl boşqaruvi kuçayib ketadi. Şu xavotir bormi sizlarda ham?
Yorqinjon Malikov: — Bunday xavotir bor menda ham. Tarixda ham qaysidir viloyatga qançadir miqdorda eksport qiliş yuklangan, korrupsion holatlar paydo bölgan. Şunday holatlar bölmasligi uçun, ya’ni narxlar pasaytirib körsatilmasligi uçun Vazirlar Mahkamasining qarori çiqdi, tegişli taşkilotlar nazorat qilib, çora köradi. Davlat rahbari şu masalani ta’kidlab ötdilar. Davlat rahbari topşiriğiga köra, Investitsiya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Karantin agentligi joylardagi qişloq xöjaligi mahsulotlari narxini örganib, maxsus platformaga kiritib boradi, eksport qilinayotgan mahsulotlar narxlari bozor narxlariga soliştirib köriladi va aniqlanadi.
— Narxni pasaytirib körsatişning oldini oliş uçun boşqa davlatlar qanday yöl tutgan?
Alişer Şermatov: — Deylik, Turkiyadan Rossiyaga eksport qilinadigan qişloq xöjaligi mahsulotlarining har biriga «gost» belgilanadi, narxlar şunga köra belgilanib körib boriladi.
— Sohada qanday muammolar bor?
Yorqinjon Malikov: — Qişloq xöjaligi mahsulotlarini çetga eksport qiliş uçun xalqaro akkreditatsiya ötgan laboratoriyamiz yöq. Bunday laboratoriya bor, lekin Yevropa talablari böyiça sertifikatlay olmaydi.
Qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiliş böyiça metodologiyamiz yöq. Qaysi paytda yetiladi, qaçon uziş kerak, qanday saralanadi, saqlanadi — şu kabi masalalar böyiça qöllanma yöq. Qişloq xöjaligi vazirligi qilib berişi kerak buni.
Baxtiyor Beknazarov: — Angliyaga bir fura yuk jönatdik, yarmi turşak, yarmi nöxat edi. Özimizdagi laboratoriyaga tekşirtirib, qoniqarli degan natija bilan yuborgandik, lekin u yoqqa borganda bunday bölib çiqmadi. Mahsulotni kuydirmoqçi bölişdi, Taşqi işlar vazirligi orqali zörğa olib qoldik. Juda qimmatga tuşdi bu.
Yorqinjon Malikov: — Eksportçilar menga falon davlatga eksport qiliş falon mahsulot uçun şunça kerak, deydi. Men Qişloq xöjaligi vazirligidan sörayman, lekin kimda mahsulot borligini aytib berolmadi. Karantin agentligi yaxşi platforma yaratibdi, qayerda qanday mahsulot borligi kiritilar ekan. Lekin bu ham bir muammo, aniq ma’lumotlar yöq. Agar platforma bölsa, biz bunday muammolarga duç kelmaymiz.
Bunday platforma yöqligi köpçilik uçun zarar. Deylik, bir dehqon-fermer yeriga nima ekişni bilmaydi, narx qanday böladi, kim oladi, deb öylaydi. Yetiştiruvçi va sotuvçi örtasida mexanizm yöq. Oluvçi, bozor bor, lekin şunga yetkazib beruvçilarni topib oliş muammo.
Baxtiyor Beknazarov: — Ilgari lalmi yerlardan bir gektardan 08,-1 tonnagaça nöxat olardik, hozirgi vaqtda 200-300 kg olinadi. Yoğingarçilik bölmasa, umuman hosil olinmaydi ham, voz keçiladi. Hindistondagi lalmi yerlardan ham 08,-1 tonna hosil olarkan. Dorilab uruğ ekarkan, qurğoqçilik boşlangunça tezroq yetiştirib, yiğib oliş rejalari ham bölar ekan. Bizga ham şunday tajribalar kerak. Bölmasa, dehqon-fermerlar yetkazib berolmay ham qoladi.
Oldin Afğonistonga kuniga 20 tonnagaça qovurilgan nöxat eksport qilardik, lekin endi Afğoniston bozorini Hindiston mahsuloti egalladi, çunki arzon ularniki. Bizda yerdan kam hosil olinayotgani uçun tannarx oşib ketgan.
Yorqinjon Malikov: — Qişloq xöjaligi mahsulotlarimizning taxminan 80 foiz eksporti Rossiyaga qilinadi. Lekin bugungi kunda Rossiyada talab kamaymoqda. Özim borib örganib ham keldim Rossiya bozorlarini. Videolarni ham köryapmiz, xurmo qutilarning tagiga şolğom qöşib yuborişgan, giloslarni yuziga kattalarini terib, tagiga kiçkina gilos qöşib yuborişgan. Bizdagi katta muammolardan biri ham şu tadbirkor bir marta mahsulot sotişni öylaydi, keyingi faoliyatini emas. Eksport sohasida ilmsizlik bor. Davlatimiz rahbari ham yiğilişda mana şunday vijdonsiz eksportçilarimiz bor ekan, deb aytib ötdilar. Muammoga köz yumsak, gazak ola boşlaydi bu.
Deylik, bir olib sotar bitta boğ hosilini ulgurji sotib oladi-da, katta-kiçik ajratmasdan sotadi, eksportga çiqarib yuboradi. Bu ham bir katta muammo.
Baxtiyor Beknazarov: — Hozir Karantin agentligi xodimlari yuk yuboruvçining omboriga borib mahsulotni tekşirib köradi, talabga javob bermasa, ruxsat berilmaydi.
Yorqinjon Malikov: — Eksport qilingan mahsulotni yuk maşinasiga ortib, jönatamiz. Yölda biror bir hodisa röy bersa, haydovçilar kimga murojaat qilişni bilmaydi. Biz Özbekistondan çiqib ketgaç, özimizni yetimdek his qilamiz, deb aytişadi haydovçilar. Ötgan yilgi keys: Turkiyada yölda yuk maşinani töxtatib, haydovçilarni garovga olib, yuklarni tortib olişgan. Elçixonaga murojaat qilişini aytamiz, lekin elçi umumiy masalalar böyiça işlaydi, elçixonalarda transport logistikaga javob beruvçi mas’ullar yöq. Transport vazirligi va Taşqi işlar vazirligi kelişib, şunday mas’ul qöyib berişlari kerak. Yildan yilga yuk taşuvçilarimiz ortib boryapti, şuning uçun haydovçilarning ham uyuşmasini taşkil qilib beriş kerak Transport vazirligi.
Yana bitta muammo. Aviataşuv orqali eksport qilinadigan mahsulotlar uçun aeroportlarimizda saqlovçi muzlatkiçlar yöq, mahsulot quyoş tagida turadi buzilib. Importyorga qanday javob beramiz? Yana bir narsa: samolyotlarda qança yukka joy borligi taxminiy yuradi, aniq ma’lumot topiş qiyin, deylik, 5 tonna mahsulot olib borsak, 3 tonnasi siğadi, qolgani keyingi reysga qoladi va katta ehtimol bilan buziladi.
Navbatdagi muammo. Qişloq xöjaligi mahsuloti manzilga borgunça ma’lum darajada yöqotiladi oğirlik nuqtai nazardan. 15 foizgaça yöqotilişi mumkin. Qabul qiluvçi esa yetib borgan hajmga pul tölaydi. Bu yerda esa qança yozilgan bölsa, şunçaga pul tuşişi kerak, bölmasa soliq qömitasidan jarimaga tortadi. Şuning ham mexanizmini töğrilaş kerak. Şu yöqotiladigan mahsulot miqdorini 5 foizdan 15 foizga çiqarişni söragandik. Investitsiya vazirligi hal qilmagaç, davlat rahbariga buni aytdik yiğilişda, körib çiqib hal etiş topşiriği berildi.
2-4 mart kunlari 30 ta tadbirkor bilan Afğonistonda böldik. 4 yanvar kuni Taşqi işlar vazirligiga xat yozgan edim borib kelişda amaliy yordam berişlarini sörab, 24 fevralda javob keldi, orada qança vaqt ötib ketdi. Bu masalalarni davlat rahbariga aytmadik, bir yarim-ikki oyda viza oldik desak, uyat ham bu. Qöşnimiz bölgan Afğonistonga çiqiş şunça qiyin böldi.
Yuqorida bir fura yuk notöğri laboratoriya tekşiruvi bölgani uçun qaytganini aytdilar, boşqa bir tadbirkor 3 ta konteyner mahsulotni qaytargan, 48 ming dollar zarar körgan. Sudga berib, boşqa qilib, davlat budjetidan qoplasa bölar edi, lekin şunaqa qilmaylik, deb indamay qöydi. Yöq joydan 48 ming dollar ketdi.
Baxtiyor Beknazarov: — Yanvar oyida Angliya va Belgiyaga quruq mevalar yubordik. Şunda bir yuk maşinaga 250, biriga 70 kg qurut ham yuborgandik. Çet eldagi özbeklar juda köp söraşadi çunki. Yuboriş uçun Veterinariya qömitasidan sertifikat oldik, SES berolmaymiz, degandi. Olib bordik, importyorga jarima solişdi va qurutlarni kuydirişga musodara qilişdi. Çunki Veterinariya qömitasi bergan sertifikat u davlatlarning talablariga javob bermas ekan. Talablarni, tajribani örganişmagan, şunçaki sertifikatlab yuborişgan. Nimaga talab böyiça sertifikatlamagansan, deb importyor ham norozi böldi. Ikkinçi yuk maşinani Boltiqböyida töxtatib, bu mahsulot mumkinmas deb kiritişmadi ham.
Yorqinjon Malikov: — Bizning ham muammolarimiz bor. Lekin sohalar kesimida vazirliklar eşitmasa, kimga aytaylik dardimizni? Hamma muammoga közni yumaversa, qanday rivojlaniş böladi? Mana masalan, haydovçilarimizning davlatlarga kiriş ruxsatnomasi masalasi haliyam yeçilgani yöq. Endi Prezidentimiz YeIga kiriş uçun ruxsatni 250 mingtaga köpaytiriş böyiça topşiriq berdi Transport vazirligiga. Prezidentga çiqmasak, yeçilmayapti muammolar.
Alişer Şermatov: — Eksportyorlar köpinça mablağ yetişmovçiligi muammosiga duç keladi. Mavsumda yetiştiruvçilardan mahsulot sotib olişi kerak, jönatişi kerak. Importyorga yetib borib, u pullarni ötkazgunça bir yarim-ikki oy vaqt ötadi. Bu orada eksportyor boşqa mahsulotlarni ham jönatişi kerak. Dehqonlar arzon, notöğri dori sepgan bölsa, borganda aniqlanib, mahsulot bekor böliş holatlariyam böladi. Umuman, şunday qiyin vaziyatda eksportyorlar murojaat qilganda birdan pul beradigan banklar, mexanizm yöq. Texnikalar, saralovçilar apparatlar sotib olgan böladi, sotib oliş, saqlaş xarajatlari bor. Eksportyorlar mulklarini ham garovga qöyib bölgan böladi. Şunday vaziyatda suğurta kompaniyalari tomonidanmi, boşqa şakldami yordam bölsa, yaxşi bölar edi.
Yorqinjon Malikov: — Bizning banklar suğurta kompaniyalariga işonmaydi. Çunki suğurta kompaniyalari pul tölab bermaydi banklarga. Şu masalani davlat rahbari ham kötardi.
Baxtiyor Beknazarov: — Biror davlatdan yangi mijoz çiqsa, u birinçi mahsulotni körişni istaydi. Şunda mahsulotdan namuna aviataşuv orqali poçta qilib jönatiladi. Keyin birinçi sinab köriş uçun 500 kg yoki 1 tonna atrofida kelişadi. Bunça miqdorni aviataşuv orqali yuboriş kerak böladi. Yuqorida aytilgandek, aeroportlarda na muzlatkiç böladi, na boşqasi. Umuman, yetkazib beriş xarajatlari ham ortadi va tannarx oşadi. Keyin mijoz boşqa joydan olişni ma’qul köradi. Köpinça şu nuqtada töxtaydi işimiz. Agar mana şunday yangi davlatlarga mahsulot yuborişda logistika mablağlariga 70 yoki 100 foizlik kompensatsiya berilsa, biz yangi davlatlarga çiqib borolamiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi