Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidagi postda 900 mln so‘mlik dorilarni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida yirik miqdorda dori vositalari to‘xtatib qolindi.
Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik shu’basi tezkor vakili hamda Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor tuzilmalari tomonidan “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Jarayonda bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan, umumiy qiymati 908 mln so‘mdan ziyod 3 944 dona har xil nomli dori vositalari, 2 dona konteynerda Termo-Kont MK nomli sovituvchi element hamda 12 dona Rich creme nomli soch bo‘yoqlari borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida "Dorilar va farmatsevtika faoliyat haqida"gi qonunga muvofiq, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish faqat dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
21:30 / 24.04.2026
Ohangaronda 19 xil sifati kafolatlanmagan dorilar muomalaga kiritilishining oldi olindi
22:14 / 11.04.2026
Qashqadaryo va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sotib kelgan shaxslar ushlandi
08:31 / 07.04.2026
O‘zbekiston va Pokiston yuqori texnologiyali dori ishlab chiqarishi mumkin
08:33 / 30.03.2026