Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda binolar qurilishida zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi majburiy bo‘ladi
Endilikda bank, to‘lov tizimi, to‘lov tashkiloti, elektron tijorat platformasi ilovalari orqali xizmatlarni ko‘rsatishda telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritish uchun litsenziya talab etilmaydi. Shuningdek, ko‘p qavatli uylarda yashovchilarning arizasi bo‘lganda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga binoda mavjud infratuzilmadan beg‘araz foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Senatning ellik birinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, amaldagi “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonun 1999 yilda qabul qilingan bo‘lib, unda nazarda tutilgan bir qator qoidalar eskirgan va bugungi kun talablariga to‘liq javob bermaydi. Jumladan, mavjud tartibga solish mexanizmlari va atamalar o‘z ahamiyatini yo‘qotganligi sababli amaliyotda noto‘g‘ri talqin qilish holatlari va sohaning rivojlanishiga to‘siqlar paydo bo‘lmoqda.

Yangi tahrirdagi “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonun bilan esa aholiga va telekommunikatsiya sohasida faoliyat yurituvchi sub’yektlarga bir qator qulayliklar yaratilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarning ayrimlarida tegishli infratuzilma ko‘zda tutilmagani sababli qayta qurilish ishlarini olib borishga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida bundan keyin bino va inshootlar qurilishida zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi majburiy bo‘ladi.

Xususan, ko‘p qavatli uylarda yashovchilarning arizasi bo‘lganda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga binoda mavjud infratuzilmadan beg‘araz foydalanish imkoniyati yaratiladi. Operatorlarga telekommunikatsiya infratuzilmasi obektlaridan birgalikda foydalanishga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, qonun bilan telekommunikatsiya sohasida faoliyat yurituvchi sub’yektlarga bir qator qulayliklar yaratilmoqda. Qonunga ko‘ra endi bank, to‘lov tizimi, to‘lov tashkiloti, elektron tijorat platformasi ilovalari orqali xizmatlarni ko‘rsatishda telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritish uchun litsenziya talab etilmaydi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026